Nurafshon shahri hokimligi
3.23K subscribers
43.5K photos
4K videos
57 files
12.3K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok eting!

📅 2026-yil 15-yanvardan boshlab onlayn ro‘yxatdan o‘ting,
🎯 yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylaning va
🎁 qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

👉 O‘z hissangizni qo‘shing, kelajakni birga barpo etaylik!

➡️ Bizni kuzatishda davom eting!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
📌 Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar tashkillandi


⚡️Joriy yilning 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo'llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati yuzasidan 9-umumta'lim maktabida seminar tashkil etildi.

⚡️
Mazkur seminar davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichiga qaratilgan islohotlar hamda ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlar bo'yicha fikrlar almashildi. Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍3👏2
Nurafshonda PQ-387-sonli qaror talablari yuzasidan seminar o'tkazildi


FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏2
#dolzarb

Har bir ma’lumot — taraqqiyot uchun xizmat qiladi!


Savol: Kasalxonalarda davolanayotgan odamlar qanday tartibda ro‘yxatga olinadi?

Javob: Shifoxonada vaqtincha davolanayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning oila a’zolari tomonidan taqdim etiladi. Tibbiyot muassasasida doimiy ravishda yashaydigan shaxslar haqidagi ma’lumotlar esa shifoxona ma’muriyati tomonidan kiritiladi.

👉Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1👏1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
👌1🤝1
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo’yicha o’quv seminari bo’lib o’tdi


📅 05.01.2026.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🔹Shu maqsadda Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida mahalla yettiligi xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Unda shahar hokimining birinchi o’rinbosari A. Eshbayev, shahar Statistika bo'limi boshlig'i Ulug'bek Bo'riyev va mas’ul rahbarlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash hamda tahlil qilish jarayonlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Hurmatli fuqarolar
❗️

Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
👍1
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son фармони bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.

2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.

❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
❗️Savolnomadagi ma’lumotlar  boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.


Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta

Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.
2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

🇺🇿 Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1