Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
57 files
12.4K links
Download Telegram
#ezgulik

Xorijdagi vatandoshlar farzandlari — doimiy e’tiborda: bugun ular uchun ajoyib  Yangi yil sovg‘asi hozirlandi

Mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan  fuqarolarning farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, xususan, ularni turli bayram tantanalari, yoshlar festivallari hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish yaxshi an’anaga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bu borada muhim vazifalar belgilangan. 

Mazkur talablar ijrosini ta’minlash maqsadida Migratsiya agentligi huzuridagi idoralararo ishchi guruh tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangi yil munosabati bilan,  Toshkent viloyatidan mehnat migratsiyaga ketgan oilalar farzandlari uchun “Zo‘r TV” telekanalidagi Renesans hallda “Sohibjamol va maxluq” nomli multspektakl namoyish etildi. Tadbirda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan bolalar ishtirok etdi.

Tomosha davomida bolalarga nafaqat maroqli hordiq, balki ezgulik, mehr-oqibat, insoniylik kabi yuksak fazilatlar targ‘ib etildi.Bolajonlarga maxsus Yangi yil sovg‘alari ham ulashildi.

Bunday madaniy tadbirlar migratsiya tufayli ota-onasidan uzoqda ulg‘ayayotgan farzandlarning ma’naviy-ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
3👏1🤝1
#bildirish

Gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi


👉"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi shuni ma’lum qiladi:

Nurafshon shahri va O‘rtachirchiq tumani orasidagi gaz ta’minoti hisoblagichlarini almashtirish ishlari olib boriladi.

Ga'z ta'minoti vaqtincha to'xtatiladigan iste'molchilar:

Xonadonlar soni: 550 ta
Ulgurji iste'molchilar soni: 12 tani tashkil qiladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2026-yil 12-yanvar
Soat 15:00 dan 17:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda gaz ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri:

🔹"Degantepa" MFYning "Degantepa" va "Qoraqo'yli" 1-2 ko'chalari

🔹"Obod turmush" MFYning "Evalak" ko'chasi


Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📞Murojaat uchun telefon raqami: +99899-004-81-04

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Songa kirib sanoqda bo‘lish ulkan baxt"

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!

2026-yil 15-yanvardan onlayn ro‘yxatdan o‘tib, yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylaning va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1👏1
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

⚡️Dushanba kunidan maktablarda uchinchi chorak boshlanadi

Ma'lumot uchun, ikkinchi chorakdagi darslar 28-dekabr kuni yakunlangan edi va o‘quvchilar qishki ta’tilga chiqqandi.

12-yanvar, dushanba kunidan boshlab barcha maktablarda uchinchi chorakning ilk o‘quv kuni boshlanadi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
#stop_korrupsiya

📢 Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsion holatlarga duch keldingizmi? Bizga “Tezkor xabar” bering!

🛑 Korrupsiyaga “Yo‘q” deb ayting!

💻 Tizimda korrupsiya holatlari va noqonuniy harakatlar haqida xabar berish uchun 12-71 ishonch telefonimiz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalarimiz orqali biz bilan bog‘laning:

➡️ Telegrambot: @pensiyauzbot

➡️ Facebook: https://www.facebook.com/pensiyauzb/
➡️ Instagram: https://www.instagram.com/pensiyauzb/

📥 Elektron pochta:
pension_uz@imv.uz

📨 Murojaatlaringizga dushanbadan jumagacha 09:00 dan 18:00 gacha o‘z vaqtida javob beriladi.

📅 Dam olish kunlarida jo‘natgan murojaatlaringiz birinchi ish kunidayoq ko‘rib chiqiladi va javob beriladi.

⚠️ Unutmang, korrupsiya haqida xabar bergan yoki uning oldini olishga ko‘maklashgan xodimlar yoki fuqarolarning xavfsizligi kafolatlanadi. Yodda tuting, korrupsiya mamlakat rivojlanishidagi asosiy to‘siqdir.

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati
👍1
O‘ZBEK_MENTALITETINING_AN’ANA,_GLOBALIZATSIYA_VA_ISLOHOTLAR_O‘RTASIDAGI.pdf
262.3 KB
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi bosh mutaxassisi Omanboyev Ibrohim Shavkat o‘g‘lining ilmiy maqolasi nufuzli nashrning "Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar" ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Maqolaning asosiy mazmuni va ahamiyati:
Mazkur tadqiqot ishida bugungi globallashuv va shiddatli islohotlar davrida milliy mentalitetimizda yuz berayotgan chuqur transformatsiya jarayonlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Muallif o‘z ishida quyidagi muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tgan:
Milliy qadriyatlar va zamonaviylik,
Ijtimoiy-psixologik to‘siqlar,
Qadriyatlar sindromi,
Yangi mental model:
Uchinchi Renessans poydevorini qurishda milliy o‘zlikni saqlab qolgan holda, innovatsion fikrlaydigan va global raqobatga tayyor shaxsni shakllantirish strategik zarurat ekanligi asoslab berilgan.

Ushbu ilmiy maqola Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy ongni modernizatsiya qilish va milliy manfaatlarimizga mos keladigan demokratik taraqqiyot yo‘lini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
👍32👏1
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son фармони bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.

2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.

❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
❗️Savolnomadagi ma’lumotlar  boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.


Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta

Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.
❄️Qish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Qish fasli kelishi bilan isitish moslamalari ko‘p ishlatiladi. Shu bois har bir xonadon ahli sodda, lekin muhim qoidalarga amal qilishi shart:


🔧 Gaz jihozlarini faqat soz holatda ishlating. Nosozlikni o‘zingizcha tuzatmang.

🌬 Xonalarni muntazam shamollatib turing — is gazi ko‘rinmaydi, oqibati og‘ir.

🚫🔥Gaz plitasi va isitkich yonida yonuvchan buyumlarni saqlamang.

🪟 Ventilyatsiya yo‘lini to‘sib qo‘ymang — parda, polietilen xavf tug‘diradi.

📟 Hisoblagich ko‘rsatkichlari va bosimdagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘ling.

⚠️ Gaz hidi sezilsa — jihozlarni o‘chirib, darhol derazani oching va 104 ga qo‘ng‘iroq qiling.

👶 Farzandingizni gaz jihozlaridan uzoq tuting.

Qoidalar oddiy, lekin har birining ortida aholi xavfsizligi turibdi.
Qish mavsumi tinch va osoyishta o‘tishi uchun ushbu tavsiyalarni unutmaslik zarur
.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Songa kirib sanoqda bo‘lish ulkan baxt"

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!

2026-yil 15-yanvardan onlayn ro‘yxatdan o‘tib, yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylaning va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati