Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan hamshahrlarimiz o‘z munosabatini bildirmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining keyingi bosqichlari uchun muhim yo‘nalish va ustuvor vazifalarni belgilab bergan tarixiy hujjatdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar – xalq manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish borasidagi aniq vazifalar partiyamiz dasturiy maqsadlari bilan hamohangdir.

Ayniqsa, hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy hokimiyat va deputatlik nazoratini kuchaytirish, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan topshiriqlar siyosiy partiyalar faoliyatida yangi mas’uliyat va tashabbuslarni talab etadi.

Biz, siyosiy partiya sifatida, Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga, qonunchilik tashabbuslari, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar berishga tayyormiz. Partiyamiz deputatlari va faollari bu borada xalq bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan islohotlar izchil davom ettirilsa, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi maqsadlar, albatta, amalga oshadi.

🔹Maftuna Urinbayeva,
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nurafshon shahar Kengashi raisi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1