Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlanishiga 2 kun qoldi!
#jarayon

Shaharda tozalik va obodonchilik ishlari olib borilmoqda


Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar markazlari, yo‘llar atrofi va guzarlar hududida muntazam tarzda tozalash va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida chiqindilar yig‘ishtirilib, yashil hududlar tartibga keltirilmoqda. Tozalik va ozodalikka alohida e’tibor qaratilmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Mening dadam – Vatan himoyachisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

8-sinf o‘quvchilari Vatan himoyachilarining mashaqqatli va sharafli mehnati, yurt tinchligi yo‘lidagi fidoyiligi haqida fikr almashdilar.

Suhbat davomida maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarning otalari qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’iy nazar, yurtga sidqidildan xizmat qilishi Vatan oldidagi ulkan burch ekani, bu fidoyilik Vatan himoyasi bilan teng darajada qadrlanishi alohida ta’kidlab o‘tildi. O’quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarga bo‘lgan hurmat va faxr hissini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.


✉️ O’quvchilar o‘z fikr-mulohazalari, taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, mazkur uchrashuv ularda katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidladilar.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini to‘ldirish bo‘yicha video qo‘llanma

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son farmoniga binoan, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning (oila a’zolari bilan birgalikda) census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashlari shart!

Shu maqsadda, barcha mehnat jamoalari videorolikda ko‘rsatilgani kabi, test rejimida portalga kirgan holda savolnomalar va ularni to‘ldirish shakllari bilan tanishish, tadbirga tayyorgarchilik ko‘rishlar juda muhimdir.

AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISHDA FAOL ISHTIROK ETING!
🔥1
Yanvar oyi - bo'sh vakansiyalar.xlsx
43.3 KB
#vakansiya

#bo‘sh_ish_o‘rinlari

🗓Yanvar oyi holatiga Nurafshon shahrida joylashgan korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot.

🔴Eslatib o‘tamiz, mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagida bo‘lsangiz Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

🔴 Ish izlayotgan yaqinlarga ham ulashing, siz ishli bo‘lsangiz, biz xursand bo‘lamiz.

Murojaat uchun telefon: +99899 873 8058

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati