Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini to‘ldirish bo‘yicha video qo‘llanma

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son farmoniga binoan, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning (oila a’zolari bilan birgalikda) census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashlari shart!

Shu maqsadda, barcha mehnat jamoalari videorolikda ko‘rsatilgani kabi, test rejimida portalga kirgan holda savolnomalar va ularni to‘ldirish shakllari bilan tanishish, tadbirga tayyorgarchilik ko‘rishlar juda muhimdir.

AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISHDA FAOL ISHTIROK ETING!
🔥1
Yanvar oyi - bo'sh vakansiyalar.xlsx
43.3 KB
#vakansiya

#bo‘sh_ish_o‘rinlari

🗓Yanvar oyi holatiga Nurafshon shahrida joylashgan korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot.

🔴Eslatib o‘tamiz, mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagida bo‘lsangiz Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

🔴 Ish izlayotgan yaqinlarga ham ulashing, siz ishli bo‘lsangiz, biz xursand bo‘lamiz.

Murojaat uchun telefon: +99899 873 8058

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
DIQQAT, E’LON!

Hurmatli tadbirkor!


🔹Sizning korxonangiz kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga taalluqli bo‘lganligi sababli, 2024-yil yakuni bo‘yicha 1-korxona shakli (yillik) “Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi statistika hisobotini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq taqdim etishingiz lozim.

Mazkur hisobotni 2026-yilning 01-aprelidan kechiktirmay e-Stat 4.0 tizimi orqali elektron shaklda taqdim etishingiz so‘raladi. O‘z vaqtida hisobot taqdim etishni unutmang!


🔹Shu bilan birga, Sizdan hisobotda korxonangiz faoliyatining natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirishingizni so‘raymiz. Bu borada korxonangiz tomonidan taqdim etilgan hisobotdagi ma’lumotlar davlat soliq organlari ma’lumotlari bilan ham solishtirilishini eslatib o‘tamiz.
O‘z o‘rnida, mansabdor shaxslarning davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

🔹Siz mazkur hisobot shaklini Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy veb sayti www.stat.uz orqali hamda uni to‘ldirish va elektron shaklda jo‘natish yuzasidan 71 203-45-00 (ichki raqam 45-30, 45-31, 45-32, 45-33, 45-34, 45-35) telefon raqamlari orqali bepul tushuntirishlar olishingiz mumkin.

Hamkorligingiz uchun tashakkur!

Nurafshon shahar Statistika bo'limi ma'muriyati
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI


🔹Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!

⭐️Vatan - barchaga omonat, uni tinchligini asrab-avaylash esa muqaddas burchimizdir!
1👏1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi "Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida"gi F-70-sonli farmoyishiga muvofiq, fuqarolarning xavfsizligin ta'minlash, yo'l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish maqsadida

2026-yilning 13-14-yanvar kunlari

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G 62 avtomobil yo'lida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
👏1
#muhim

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, mahallalar kesimida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahallangizdagi hokim yordamchisi sizga nima masalada yordam beradi?

Hokim yordamchilarining vazifalari TOP 10:

Aholini daromadli mehnatga jalb qilish va bandligini ta'minlash;

Kambag‘al oilalar uchun “individual reja” ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;

Migratsiyadan qaytgan fuqarolarni mehnatga jalb qilish (reintegratsiya);

Bo‘sh turgan bino va yerlarni auksionga chiqarish bo‘yicha takliflar kiritish;

Ishlab chiqarish va xizmat  ko‘rsatish bo‘yicha mikroloyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;

Subsidiyalar, grant va imtiyozli ssudalarni olishga ko‘maklashish;

Kasb-hunarga o‘qish istagini bildirganlarga o‘qitish uchun tavsiyanoma berish;

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratishga tavsiyalar berish va monitoringini amalga oshirish;

Mahallaning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, drayver loyihalarni ilgari surish;

Tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va hisobotini yuritish.
👍21👏1
Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida ko‘rgazmali tadbirlar davom etmoqda

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida ko‘rgazmali tadbirlar o‘tkazilmoqda.


🔹Tadbirlar doirasida Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilmoqda. Tadbirda ishtirokchilar harbiy texnika va aslahalarning imkoniyatlari, Milliy gvardiya faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

🔹Mazkur jarayonda soha vakillari va yoshlar faol ishtirok etyapti. Ayniqsa, yoshlar uchun bu kabi tadbirlar vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, harbiy soha faoliyati bilan yaqindan tanishish va yurt himoyasiga bo‘lgan hurmat-ehtiromni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏3🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
🎄 HURMATLI YURTDOSHLAR!

1-yanvardan boshlab yurtimizda “XAVFSIZ XONADON OYLIGI”ga start berildi!

🏠 Yangi yilni tinchlik, osoyishtalik va xotirjamlik bilan qarshi olish uchun ushbu hushyorlikka chorlovchi oylikda barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz.

🔹 Xonadoningizda isitish maqsadida foydalanilayotgan elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalaning;

🔹 HOZIROQ, ZUDLIK BILAN! aniqlangan nosozliklarni bartaraf eting va yaqinlaringizni ham hushyorlikka chorlang;

🔹 Yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

❗️Unutmang, hushyorlik — xotirjam hayot, osoyishta va baxtli kelajak garovidir!

Nurafshon shahar FVB ma'muriyati



✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot
xizmati
1👍1🔥1
Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida ko‘rgazmali tadbirlar davom etmoqda


FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥21🤝1