Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.02K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#muhim

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, mahallalar kesimida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahallangizdagi hokim yordamchisi sizga nima masalada yordam beradi?

Hokim yordamchilarining vazifalari TOP 10:

Aholini daromadli mehnatga jalb qilish va bandligini ta'minlash;

Kambag‘al oilalar uchun “individual reja” ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;

Migratsiyadan qaytgan fuqarolarni mehnatga jalb qilish (reintegratsiya);

Bo‘sh turgan bino va yerlarni auksionga chiqarish bo‘yicha takliflar kiritish;

Ishlab chiqarish va xizmat  ko‘rsatish bo‘yicha mikroloyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;

Subsidiyalar, grant va imtiyozli ssudalarni olishga ko‘maklashish;

Kasb-hunarga o‘qish istagini bildirganlarga o‘qitish uchun tavsiyanoma berish;

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratishga tavsiyalar berish va monitoringini amalga oshirish;

Mahallaning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, drayver loyihalarni ilgari surish;

Tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va hisobotini yuritish.
👍21👏1
Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida ko‘rgazmali tadbirlar davom etmoqda

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida ko‘rgazmali tadbirlar o‘tkazilmoqda.


🔹Tadbirlar doirasida Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilmoqda. Tadbirda ishtirokchilar harbiy texnika va aslahalarning imkoniyatlari, Milliy gvardiya faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

🔹Mazkur jarayonda soha vakillari va yoshlar faol ishtirok etyapti. Ayniqsa, yoshlar uchun bu kabi tadbirlar vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, harbiy soha faoliyati bilan yaqindan tanishish va yurt himoyasiga bo‘lgan hurmat-ehtiromni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏3🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
🎄 HURMATLI YURTDOSHLAR!

1-yanvardan boshlab yurtimizda “XAVFSIZ XONADON OYLIGI”ga start berildi!

🏠 Yangi yilni tinchlik, osoyishtalik va xotirjamlik bilan qarshi olish uchun ushbu hushyorlikka chorlovchi oylikda barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz.

🔹 Xonadoningizda isitish maqsadida foydalanilayotgan elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalaning;

🔹 HOZIROQ, ZUDLIK BILAN! aniqlangan nosozliklarni bartaraf eting va yaqinlaringizni ham hushyorlikka chorlang;

🔹 Yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

❗️Unutmang, hushyorlik — xotirjam hayot, osoyishta va baxtli kelajak garovidir!

Nurafshon shahar FVB ma'muriyati



✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot
xizmati
1👍1🔥1
Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida ko‘rgazmali tadbirlar davom etmoqda


FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥21🤝1