Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini to‘ldirish bo‘yicha video qo‘llanma

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son farmoniga binoan, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning (oila a’zolari bilan birgalikda) census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashlari shart!

Shu maqsadda, barcha mehnat jamoalari videorolikda ko‘rsatilgani kabi, test rejimida portalga kirgan holda savolnomalar va ularni to‘ldirish shakllari bilan tanishish, tadbirga tayyorgarchilik ko‘rishlar juda muhimdir.

AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISHDA FAOL ISHTIROK ETING!
👏1
#Bayram_shukuhi

🔹Bugun Nurafshon shahrida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.

🔹Marosimda harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, Nurafshonlik yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov va bir guruh faollar ishtirokida Vatanparvarlik timsoli bo'lgan o'zbek ayoli - Zulfiya aya Zokirova yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosidagi tantanali musiqa sadolari ostida yig‘ilganlar Vatanimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
YOSHLAR “G‘ALABA BOG‘I”DA — TARIX VA JASORAT SABOQLARI

👍O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi hamda Nurafshon shahar hokimligi tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablarining bir guruh bitiruvchilari hamda CHQBT o‘qituvchilari uchun Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat tashkil etildi.

🔺Mazkur sayohat yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ongida tinchlikning qadr-qimmati, jasorat, fidoyilik va mardlik tushunchalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

🔻Sayohat davomida ishtirokchilar majmua hududida barpo etilgan yodgorliklar bilan tanishib, “Shon-sharaf muzeyi”dagi eksponatlar orqali II jahon urushi yillarida xalqimizning ko‘rsatgan matonati va fidoyiligi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2