Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
Hurmatli fuqarolar!

Nurafshon shahrida qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov
;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
;
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (98) 001-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67.
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (55) 903-58-96 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Maqsud;

📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.


🏗Bekzod-Servis 777 MCHJ. Bekzod Karimov;
📱Tel.:90-023-03-70.
(dispetcher) 90-038-77-12.

🏗To‘ytepa Yuksak Servis MCHJ. Jalol Donayev;
📱Tel.: 99-890-49-47.
(dispetcher) 77-073-10-55.

🏗Yangiobod Aholiga Xizmat MCHJ. Ixtiyor Rahimov;
📱Tel.: 99-123-61-61.
(dispetcher) 90-480-68-82.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77,
(90) 128-64-41.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
Nurafshon shahrida aholi muammolari o‘rganildi

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov, Respublika ishchi guruhi a’zolari O. Musurmonqulov va B. Chinazbekov ishtirokida “Degantepa” mahallasidagi 73-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.


🔹Tadbir davomida Prezident murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar joyida o‘rganildi. Murojaatlar yuzasidan rasmiylar tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda “Degantepa”, “Qoraqo‘yli 1”, “Barhayot” ko‘chalarida yashovchi fuqarolar dorixona tashkil etish, uy-joy va kadastr masalalari, ichimlik suvi ta’minoti, moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, bankomat o‘rnatish kabi muammolarni ko‘tarishdi. Shahar hokimi va ishchi guruh a’zolari ayrim masalalarni joyida hal etdi, qolgan murojaatlar esa nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.


🔹Qabul davomida har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Ma’lumot uchun:
“Degantepa” mahallasida 2134 nafar aholi 598 ta oilada, 505 ta xonadonda istiqomat qiladi. Hududda 14-30 yoshdagi yoshlar soni 488 nafarni tashkil etadi. Mahallada 1 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.


P.S. Murojaatlarning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborotlar muntazam ravishda taqdim etib boriladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimizning mard va jasur o‘g‘lonlari!

Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf bilan ado etayotgan bahodir va dovyurak harbiylarimizga, Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini hayotining bosh maqsadiga aylantirgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizga chuqur hurmat va minnatdorlik bildiramiz.

Sizlarning sadoqatingiz, jasoratingiz va fidoyiligingiz yurtimiz taraqqiyotining ishonchli kafolatidir.

Ushbu ulug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xizmat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Vatanimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!
2👍2🔥2
#Diqqat_e'lon!

Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026-yilning 15-yanvar kuni soat 10:00 da "To'ytepa" MFY binosida Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda Nurafshon shahar hokimligi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

Mazkur yarmarkada barcha ish qidirayotgan yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, nogironligi bor shaxslar, shuningdek, kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan har bir fuqarolarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chaqiramiz!

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

Murojaat uchun telefon: +99899 873-80-58

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1