Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.4K photos
4.49K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#census_2026

📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Nodira Djumanova,
Nurafshon shahri hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍6👏3🔥21
❗️DIQQAT TANLOV


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi "Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operasion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-375-sonli qarori hamda viloyat hokimining tegishli qarori asosida tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay va tizimli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida “Biznes hamroh” loyihasi amaliyotga joriy etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Savdo-sanoat palatasi
Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi qoshida, viloyat Davlat xizmatlari markazi binosida joylashgan holda tadbirkorlarga xususiy va konsalting xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan:

⚡️ “Biznes hamroh” loyihasi doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
🔴 Soliq hisobotini (deklaratsiyasini) tayyorlash va soliq hisobini yuritish;
🔴 Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish;
🔴 Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish;
🔴 Auditorlik xizmatlari;
🔴 Biznes-reja ishlab chiqish va kredit olish uchun hujjatlar tayyorlash;
🔴 Yuridik xizmatlar (ta’sis hujjatlari, shartnomalar va o‘zgartirishlar);
🔴 Xorijiy bozorlar uchun tijorat takliflari tayyorlash;
🔴 Bojxona rasmiylashtiruvi (eksport-import, deklaratsiyantlik);
🔴 Birja savdolarida ishtirok etish (brokerlik);
🔴 Korxona logotipi va tovar belgisi ishlab chiqish;
🔴 Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish (patent vakilligi);
🔴 Marketing tadqiqotlari va reklama xizmatlari;
🔴 IT va raqamlashtirish (ERP, CRM, elektron hujjat aylanishi);
🔴 Kadrlar tanlash, HR-konsalting va kadrlar hujjatlari;
🔴 Biznes-missiyalar va tashriflar tashkil etish;
🔴 ISO, Halal va boshqa sertifikatlarni rasmiylashtirish.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan hamda yetarli salohiyat, tajriba va sharoitlarga ega bo‘lgan TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2026-yilning 1-martigacha quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarining elektron manziliga taqdim etishlari so‘raladi:

1. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqida guvohnoma;
2. Faoliyat turi bilan shug‘ullanishni tasdiqlovchi hujjat (rasmiy guvohnoma, ruxsatnoma, litsenziya, malaka sertifikati);
3. Moliyaviy (bank rekvizitlari) va xodimlar (personal) salohiyati;
4. Korxonaning reyting ko‘rsatkichlari;
5. Ushbu yo‘nalishlarda korxonaning hamkorlari (agar, bundan oldin qaysi korxonalar bilan aynan shu xizmat turi bilan ishlagan bo‘lsa).

ℹ️ Izoh: Tadbirkorlik subyektlari ehtiyojidan kelib chiqib, Savdo-sanoat palatasiga ushbu ro‘yxatni qo‘shimcha xizmatlar bilan kengaytirish huquqi berilgan.

Mazkur xizmatlar tadbirkorlarning vaqt va xarajatlarini tejash, biznesni qonuniy, shaffof va samarali yuritishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

📞 99 495 50 03
📞 88 843 03 03
2👍1
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Farhod Shomurodov,
Nurafshon shahri hokimi o'rinbosari


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🤝42🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini onlayn to‘ldirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan ayrim holatlar yuzasidan doimiy ravishda ma’lumot va tushuntirishlar berib borilmoqda.

Batafsil videoda ⤴️
1👍1
Yanvar oyi - bo'sh vakansiyalar.xlsx
43.3 KB
#vakansiya

#bo‘sh_ish_o‘rinlari

🗓Yanvar oyi holatiga Nurafshon shahrida joylashgan korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot.

🔴Eslatib o‘tamiz, mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagida bo‘lsangiz Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

🔴 Ish izlayotgan yaqinlarga ham ulashing, siz ishli bo‘lsangiz, biz xursand bo‘lamiz.

Murojaat uchun telefon: +99899 873 8058

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1🤝1
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Nigora Shaumarova,
Nurafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1🔥1
🏠 XAVFSIZ XONADON — XOTIRJAM HAYOT

Uyda elektr, gaz va isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang. Nosoz sim va jihozlardan foydalanmang, xonalarni tez-tez shamollating. Bolalarni xavfli buyumlardan asrang, ularni yolg‘iz qoldirmang. Sirpanchiq joylar va tartibsizlik jarohatga sabab bo‘lishini unutmang. Kuchli ob-havoda elektr simlari va daraxtlardan uzoq turing.


📞 Favqulodda holatda: 101 | 103 | 104 | 1050 | 112|

Unutmang: ehtiyotkorlik — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning eng oson yo‘lidir.
👍1👏1