Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
🏠 XAVFSIZ XONADON — XOTIRJAM HAYOT

Uyda elektr, gaz va isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang. Nosoz sim va jihozlardan foydalanmang, xonalarni tez-tez shamollating. Bolalarni xavfli buyumlardan asrang, ularni yolg‘iz qoldirmang. Sirpanchiq joylar va tartibsizlik jarohatga sabab bo‘lishini unutmang. Kuchli ob-havoda elektr simlari va daraxtlardan uzoq turing.


📞 Favqulodda holatda: 101 | 103 | 104 | 1050 | 112|

Unutmang: ehtiyotkorlik — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning eng oson yo‘lidir.
👏1
Nurafshon shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha seminar tashkil etildi


2026-yil 17-yanvar kuni Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvarda qabul qilingan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarning oldini olish va xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, shahar hokimligi mas’ullari, mahalla "yettiligi" a’zolari ishtirok etdi.

Seminar davomida viloyat prokuraturasi mas'ul xodimi D. Isroilov, Nurafshon shahar prokuror o‘rinbosari A. Olimov va IIB boshlig‘i o‘rinbosari S. Kubekbayevlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi asosiy vazifalar, erishilajak amaliy natijalar va qarorning ahamiyati yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.


Shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.


Tadbir doirasida ochiq muloqot tarzida o‘zaro fikr almashildi, taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔹Mazkur seminar jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlat idoralari va jamoatchilik hamkorligining muhimligini yana bir bor namoyon etdi. Qaror ijrosining samarali yo‘lga qo‘yilishi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tadbirlar aholining huquqiy ongi va faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
Nurafshon shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha seminar tashkil etildi


FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1👏1