Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
❄️Qish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Qish fasli kelishi bilan isitish moslamalari ko‘p ishlatiladi. Shu bois har bir xonadon ahli sodda, lekin muhim qoidalarga amal qilishi shart:


🔧 Gaz jihozlarini faqat soz holatda ishlating. Nosozlikni o‘zingizcha tuzatmang.

🌬 Xonalarni muntazam shamollatib turing — is gazi ko‘rinmaydi, oqibati og‘ir.

🚫🔥Gaz plitasi va isitkich yonida yonuvchan buyumlarni saqlamang.

🪟 Ventilyatsiya yo‘lini to‘sib qo‘ymang — parda, polietilen xavf tug‘diradi.

📟 Hisoblagich ko‘rsatkichlari va bosimdagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘ling.

⚠️ Gaz hidi sezilsa — jihozlarni o‘chirib, darhol derazani oching va 104 ga qo‘ng‘iroq qiling.

👶 Farzandingizni gaz jihozlaridan uzoq tuting.

Qoidalar oddiy, lekin har birining ortida aholi xavfsizligi turibdi.
Qish mavsumi tinch va osoyishta o‘tishi uchun ushbu tavsiyalarni unutmaslik zarur
.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri - muhim jarayon


Xabaringiz bor, 2026-yilning 15-yanvar kuni soat 00:00 dan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlangan edi.

🔹Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud bo‘lib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega.

Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtabning kundalik ish faoliyati, hujjat yuritish tartibi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, ro‘yxatga olish masalalari kun davomida atroflicha muhokama qilib borilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👎1🔥1👏1
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Doston Ergashev,
Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxassisi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2🔥1👏1
Navbatdagi "Hokimlik soati" bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimi Ilxom Klichxanov navbatdagi "Hokimlik soati"ni o‘tkazdi.

Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

🏙 "Hokimlik soati"da

🔹aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha Prezident farmoni ijrosini ta’minlash;

🔹ijro.gov.uz tizimi orqali Prezident farmon va qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;

🔹hokim o‘rinbosarlarining KPI ko‘rsatkichlarini “Samaradorlik.uz” platformasiga kiritish va 2026-yil uchun reja tuzish;

🔹Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mazmunini tushuntirish, aholi muammolarini o‘rganish;

🔹shahrimiz hayotiga oid boshqa muhim vazifalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.

Shahar hokimi mazkur masalalarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarni tanqid qildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar belgilab berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1👏1🤝1
O‘qitishda kreativ yondashuvlar: Amaliy tavsiyalar


🏙Bo‘stonliq tumanidagi 16 ta maktab o‘qituvchilari Nurafshon shahridagi Prezident maktabida yangi dars qo‘llanmalari va zamonaviy o‘qitish metodlari bilan tanishtirildi.

Mashg‘ulotlar xalqaro va mahalliy tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib borilib, amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi. Ushbu tajriba o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘quv jarayoniga joriy etishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Baxit Chinazbekov,
Respublika ishchi guruhi a'zosi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏21👍1