Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
48.2K photos
4.71K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e'tirof

Viloyatimiz iftihorlari
e'tirof etildi

Bugungi kunda viloyatimizda sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyat va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida sportchi yigit-qizlarimizning yurtimiz va xalqaro maydonlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga xizmat qilmoqda.

Kuni kecha Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov bir guruh nurafshonlik yosh sportchilar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlarning erishgan yutuqlari yuksak e’tirof etilib, ularning sport yo‘lidagi mashaqqatli mehnat alohida ta’kidlandi.

🏆Xususan:

🏅Artur Guliyev — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni;
🏅Mirjamol Komilov — ushbu yo‘nalishda jahon chempionatining kumush medal sovrindori;
🏅Milana Dushevyanich — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni;
🏅Shahzoda Mamadaliyeva — parakanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni sifatida e’tirof etildi.


Shuningdek, uchrashuv doirasida Toshkent dengizi hududida muntazam ravishda eshkak eshish sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilarning kundalik mashg‘ulot jarayonlari, ularga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar atroflicha o‘rganildi.

Bunday uchrashuvlar yosh sportchilarning intilishlarini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda Toshkent viloyatida sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏2🤝1