Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
🏛 Nurafshon shahri IIB boshlig‘ining fuqarolar qabuli

👥 Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Sizlarni ichki ishlar sohasiga oid masalalar bo‘yicha o‘z murojaat, taklif va muammolaringizni bevosita yetkazish imkonini beruvchi fuqarolar qabuliga taklif etamiz.

📅 Sana: 2026-yil 25-yanvar
🕚 Vaqt: soat 11:00
👤 Qabulni o‘tkazuvchi: Nurafshon shahri IIB boshlig‘i — A. Yuldashev

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar hamda takliflar bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin.


📍 Manzil: Nurafshon shahri, “Dehqonobod” mahallasi, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi

https://t.me/Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsizlik

Nurafshon yo‘llarida tinchlik va xavfsizlik kafolati
🚔

Nurafshon shahri Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi rahbari I.Umarov boshchiligida 2026-yil 5-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu reydlar nafaqat yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini, balki huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan .

YHX xodimlari tungi soatlarda ham zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni ado etib, yo‘llarda tinchlik va xavfsizlikni saqlashda faol ishtirok etmoqda 👮‍♂️🚓.

Har bir harakatimiz – barchamiz uchun xavfsizlik kafolati 🛑

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
🇺🇿 “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida yangi tartib va imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–264-sonli qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ–280–V sonli qarori asosida “Tashabbusli byudjet” jarayonlariga yangiliklar va o‘zgartirishlar joriy etildi.

📌 Asosiy yangiliklar:
• Loyiha qiymatining 50%ini aholi moliyalashtirsa, loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi; qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
• Sherikchilik asosida moliyalashtirish ixtiyoriy va maxsus tartibda amalga oshiriladi.
• “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” ro‘yxatiga kirgan mahallalar uchun loyiha qiymatining 25%ini to‘plash yetarli hisoblanadi.
• Agar 50% mablag‘ yig‘ilmasa, mablag‘lar fuqarolarga to‘liq qaytariladi.

💡 Deputat tashabbusi:
• Ovoz berish natijasida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan har bir deputat o‘z okrugiga tegishli bitta loyihani qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilishi mumkin.
• Har bir deputat uchun yiliga 3,3 mlrd so‘m ajratiladi.

📊 Sherikchilik loyihalari:
• Loyiha-smeta hujjatlari tashabbuskor fuqarolar va mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.
• Ovoz berish va mablag‘ yig‘ish jarayoni maxsus tranzit hisobraqamlarda amalga oshiriladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍1