Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
🇺🇿 “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida yangi tartib va imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–264-sonli qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ–280–V sonli qarori asosida “Tashabbusli byudjet” jarayonlariga yangiliklar va o‘zgartirishlar joriy etildi.

📌 Asosiy yangiliklar:
• Loyiha qiymatining 50%ini aholi moliyalashtirsa, loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi; qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
• Sherikchilik asosida moliyalashtirish ixtiyoriy va maxsus tartibda amalga oshiriladi.
• “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” ro‘yxatiga kirgan mahallalar uchun loyiha qiymatining 25%ini to‘plash yetarli hisoblanadi.
• Agar 50% mablag‘ yig‘ilmasa, mablag‘lar fuqarolarga to‘liq qaytariladi.

💡 Deputat tashabbusi:
• Ovoz berish natijasida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan har bir deputat o‘z okrugiga tegishli bitta loyihani qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilishi mumkin.
• Har bir deputat uchun yiliga 3,3 mlrd so‘m ajratiladi.

📊 Sherikchilik loyihalari:
• Loyiha-smeta hujjatlari tashabbuskor fuqarolar va mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.
• Ovoz berish va mablag‘ yig‘ish jarayoni maxsus tranzit hisobraqamlarda amalga oshiriladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍1