Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
Tergov sifatini tubdan oshirish va uning shaffofligini ta’minlash huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Tergov bo‘yicha kadr tayyorlash bo‘yicha yaxlit tizim – Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi. Unda yiliga 200 dan ortiq tergovchi tayyorlanyapti.

Lekin poytaxtda ichki ishlarda 100 ta tergovchi lavozimi uch oydan buyon vakant. Bu yuklama ham boshqa xodimlarga tushgani uchun sifat yo‘qolib borayotgani qayd etildi.

2025-yil sudda 422 ta shaxs oqlangani sudyalarni mustaqil qaror qabul qilayotganidan dalolat. Bu, albatta, yaxshi! Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor. Shuncha shaxsning noqonuniy ayblanganiga kim javob beradi?

Tergovda son emas, sifat bo‘lishi kerak. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida tergov idoralarining faoliyatini takomillashtirish zarur”,

– dedi Prezidentimiz.

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmasligi uchun ichki ishlardagi tergovchilar o‘z xizmat vazifasini hududiy ichki ishlar rahbarlaridan mustaqil olib borishi juda muhimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga tergov organlari faoliyatini va ish hajmiga mos ravishda shtatlarni qayta ko‘rib chiqib, qaror va qonun loyihalari to‘plamini kiritish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
🤝1
So‘nggi yillarda davlat boshqaruv organlarida ochiqlik va shaffoflik siyosati yuritilayotgani o‘z natijasini bermoqda. Lekin bu jarayon huquq-tartibot idoralarining ishiga sekin kirib kelayotgani, ularning faoliyati tashqaridan xolis o‘rganilmayotgani qayd etildi.

Bu idoralarning yopiq holatda ishlashi ularni o‘ziga ham, jamoatchilikka ham foyda keltirmasligi, sohada o‘zgarish, rivojlanish bo‘lmasligi ta’kidlandi.

Butun dunyoda huquq-tartibot faoliyati va qonuniylikni ta’minlashga javob beradigan adliya tizimi eskicha ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Endi adliya tizimini ham kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada birinchi qadam sifatida Adliya vazirligi tomonidan huquq-tartibot idoralarining faoliyatini “huquqiy audit”dan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. “Huquqni muhofaza qilish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, adliya organlarining aniq roli, yangi vazifa va vakolatlari belgilanadi.

Biz Toshkent shahrida jinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim qilyapmiz.

Shu bois, poytaxtga respublikadan biriktirilgan mas’ullar tumanga tushganda majlisbozlik bilan shug‘ullanmasdan, aholi muammolarini eshitishi, yuqoridagi masalalar bo‘yicha yangi tajribalar qilib, natija ko‘rsatishi shart
,

– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.

Yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Facebook|Instagram|X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ`ib etilmoqda

🗓 26.01.2026

Nurafshon shahri hokimlik a’zolari va shahar mas’ullari ishtirokida Nurafshon shahrida “DEHQONOBOD” va “TO’YTEPA” mahallalar aholisi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish bo’yicha navbatdagi muloqot uchrashuvi tashkil etildi.


✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
4👍1
📣 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar❗️

📆 2026-yil 30-yanvar kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universitetining 5-qavat zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkaziladi. Sizni mazkur yig‘ilishga taklif etamiz!

Bu yig‘ilishda quyidagi masalalar yuzasidan o‘z savollaringizga javob olishingiz mumkin:
IT ta’lim va IT yo‘nalishidagi o‘quv markazlari faoliyati;
IT-Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
IT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
Sun’iy intellekt.
Internet xizmati;
Mobil aloqa;
Telekommunikatsiya;
Pochta xizmati;

Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Yig‘ilish tafsilotlari:
📍Toshkent viloyati, Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universiteti binosi
📆 Vaqt: 2026-yil, 30-yanvar, soat 15:00

Hurmat bilan,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
2
📣 Уважаемые граждане и предприниматели! ❗️

📆 30 января 2026 года в 15:00 в зале на 5-м этаже здания государственного университета «Cyber University», расположенного в махалле «Янгиобод» города Нурафшон Ташкентской области, состоится выездной приём руководства Министерства цифровых технологий, посвящённое вопросам цифровых технологических услуг.
Приглашаем вас принять участие в данном мероприятии!

В ходе совещания вы сможете получить ответы на свои вопросы по следующим направлениям:
деятельность учебных центров в сфере IT-образования;
получение статуса резидента IT-Park и предоставляемые налоговые льготы;
возможности для IT- и логистических компаний;
искусственный интеллект;
услуги интернета;
мобильная связь;
телекоммуникации;
почтовые услуги.

Кроме того, у вас будет возможность высказать свои мнения и предложения, а также напрямую обсудить существующие проблемы с представителями министерства.

Информация о мероприятии:
📍 Ташкентская область, г. Нурафшон, махалля «Янгиобод», здание государственного университета «Cyber University»
📆 Дата и время: 30 января 2026 года, 15:00

С уважением,
Министерство цифровых технологий

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
1
▫️▫️▫️▫️▫️

🏆 “Tashabbusli budjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda

Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Bunda:

🟣 1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish;

🟣 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;

🟣 8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi;

🟣 11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi;

🟣 21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.

☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
🔴🟦🟦

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 27-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.


Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻


📱Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
📣 DIQQAT! E’LON

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi va tadbirkorlari!

📝 Aholining iqtisodiyot va moliya sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida 2026-yil 29-yanvar kuni Nurafshon shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📌 Sayyor qabul Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi mas’ullari hamda Nurafshon shahri iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbariyati boshchiligida tashkil etiladi.

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Taraqqiyot” mahallasi, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
⌛️ Boshlanish vaqti:
soat 11:00
☎️ Murojaatlar uchun telefon:
(99) 497-14-02

https://t.me/Nurafshonpressa
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

📌Nurafshonda yo‘llar muzlamadan tozalanmoqda: Xavfsizlik — ustuvor vazifa!

📆 28.01.2026

👍Nurafshon shahrida qishki mavsumning noqulay ob-havo sharoitida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tun-u kun ish tashkil etilmoqda. Ayni paytda  Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus texnikalari yordamida yo`llarni tozalash ishlari davom etmoqda



✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍41
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va mamlakat xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Nurafshon shahrida izchil va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda navbatdagi tadbir 32-umumta'lim maktabi binosida "Qumariq" va "Navro`z" MFY aholisi uchun tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etib, hududlarda belgilangan vazifalarning ijrosi, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borishdi.


🇺🇿Zotan, hududdan boshlangan amaliy ishlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining real hayotdagi ifodasidir.



✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1🔥1