Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash va biznesni soyadan chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Nurafshon shahar prokurori T.Karimov va shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Sayfiev boshchiligida tadbirkorlik sub’ektlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish, biznes faoliyatini qonuniy asosda yuritishni rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik uchun teng va adolatli raqobat muhitini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, 2025 yil 10 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq, 2030 yilga qadar yashirin iqtisodiyot ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish bo‘yicha muhim maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.

Yig‘ilishda 2026 yildan boshlab joriy etilayotgan yangiliklar, xususan:
— ayrim tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish tartibi;
— savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida Yagona QR-kod tizimining joriy etilishi;
— aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi;
— “Paynet Xolis” raqamli platformasining imkoniyatlari
batafsil tushuntirib berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va qulayliklardan oqilona foydalanish, faoliyatni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq yuritish, naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish orqali yashirin iqtisodiyotga barham berish muhimligi alohida qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida tadbirkorlik sub’ektlariga qonun talablariga qat’iy rioya qilish, faoliyatni ochiq va shaffof tashkil etish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
1
📌 #TIBBIY_KORIK

🇺🇿 Respublika ishchi guruh rahbariyatining topshirig'iga muvofiq Nurafshon shahar "DEHQONOBOD" MFYda aholi, ayniqsa pensiya yoshdagi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning salomatligini monitoring qilish va kasalliklarni erta aniqlash, shuningdek, profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida, tajribali va yukori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etildi.

🩺 Tibbiy ko'rik davomida 86 nafar fuqarolar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
Jumladan:
- 3 nafar semizlik;
- 6
nafar oshqozon ichak a'zolari kasalligi;
- 3
nafar nevrologik;
- 10
nafar yurak qon-tomir kasalligi;
- 64
nafar amaliy sog'lomlashtirish ishlari olib borildi.
Shuningdek,
- 5
nafar fuqaroga statsionar davolanishga, 12 nafar fuqaroga – ambulator davolanishga tavsiya etildi.
- 2
nafar fuqaroga (bemorga) moddiy yordam sifatida (beg'araz) zaruriy dori-darmon bilan tarqatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fursat
📍NURAFSHON SHAHRI


SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI


30.01.2026

Telegramdan chiqmasdan turib tomosha qilish uchun
@nurafshonlive manziliga o'ting.
Shuningdek  platformalarda ham tomosha qilishingiz mumkin
.
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fursat
📍NURAFSHON SHAHRI


SAYYOR SUD


30.01.2026

Telegramdan chiqmasdan turib tomosha qilish uchun
@nurafshonlive manziliga o'ting.
Shuningdek  platformalarda ham tomosha qilishingiz mumkin
.
3👏1🤝1
#anons

Qishloqda bir kun — xalq bilan samimiy muloqot

📍Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat faollari ishtirokida olis va chekka tog‘li hududda “Qishloqda bir kun” an’anaviy loyihasi tashkil etilmoqda. Navbatdagi manzil — Ohangaron tumanining "Moviy tog‘lar" bag‘ridagi Ovjazsoy qishlog‘idir.

Loyiha doirasida viloyat rahbarlari, mutasaddilar aholi bilan bevosita muloqot qiladi, murojaatlarni o‘rganadi va dolzarb masalalarga shu joyning o‘zida yechim topish choralari ko‘riladi hamda aholi kayfiyatini ko‘taruvchi kengaytirilgan madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari o‘tkaziladi.

♻️Biz esa, jarayonlardan eng qaynoq lavhalarni kun davomida sizlar bilan bo‘lishamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

📌 Bugun aholini va qishloq xo'jaligini onlayn ro'yxatga olishning oxirgi kuni.

Shu vaqt ichida 29 milliondan ortiq fuqarolar onlayn ro'yxatdan o'tibdi.

Hozirga qadar census.stat.uz portali orqali jami xonadonlarning 79% istiqomat qiluvchi fuqarolar onlayn ro'yxatdan o'tishni muvaffaqiyatli yakunladi.


🔎 Keyin nima bo'ladi?

Ro'yxatga olishning 2-bosqichida 4–28 fevral kunlari mahalla yettiligi vakillari umuman ro'yxatdan o'tmagan yoki kamchiliklar bilan ro'yxatdan o'tgan xonadonlarda uyma-uy yurib, ro'yxatdan o'tkazishni amalga oshiradi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🤝1
📌 Oila tinchligi – jamiyat barqarorligi!

Nurafshon shahar Navro'z mahallasida ma'naviy  muhitni sog'lomlashtirish, oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Viloyat IIBB HPB boshlig'i o'rinbosari Sh.X.Sodikova, Nurafshon shahar IIB HPB XQMB katta inspektori L.Baxtiyorova, xotin-qizlar faoli M.Botirovalar ishtirokida nizolashayotgan qaynona kelin Yaxshiyevalar oilasidagi  doimiy ravishda o'zaro kelishmovchilik va  nizolar sababi o'rganildi.


Suhbat jarayonida qaynona kelin o'rtasidagi munosabatlar, nizolar kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish yuzasidan tegishli profilaktik ishlari olib borilib, tuzatish dasturidan o'tkazish chora tadbirlari belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👌21🔥1