Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha videoselektor majlisi

🗓 2026-yil 3-fevral
🕒 15:00
💻 ZOOM platformasi

Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bagʻishlangan videoselektor majlisi bo‘lib o‘tdi.

📊 Mazkur majlisda roʻyxatga olish jarayonining 1-bosqichi yakunlari atroflicha tahlil qilinib, 2-bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🤝 Shuningdek, aholi bilan bevosita ishlovchi “mahalla yettiligi” xodimlarining mas’uliyati va asosiy vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

🎤 Videoselektor davomida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati tomonidan muhim ma’ruzalar qilinib, hududlarda roʻyxatga olish tadbirini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

👉 Ushbu muhim videoselektor majlisida Nurafshon shahri hududiy shtabi hamda “mahalla yettiligi” xodimlari to‘liq tarkibda faol ishtirok etdi, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar qabul qilindi.



https://t.me/Nurafshonpressa
🇺🇿🤝🇵🇱 Xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda!

Oʻzbekistonning 🇺🇿 Polshadagi Elchixonasi koʻmagida Polsha 🇵🇱 Podlyask voyevodaligi Drohichin shahri meri Voychex Bojim hamda Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🗣 Muloqot davomida tomonlar mahalliy darajadagi hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro aloqalarni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

✍️ Uchrashuv yakunida oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

📈 Ushbu hujjat:
• savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish 🤝
• investitsiyalarni jalb etish 💼
• agroturizmni rivojlantirish 🌾🏞
• hamda boshqa oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni izchil kengaytirish
uchun mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.


https://t.me/Nurafshonpressa
👍32🤝1
🏟 Bugun Nurafshon shahrida sportga katta e’tibor!

Bugun Nurafshon shahri hokimi o‘rinbosari Sh.Inomxonov shahardagi sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida sport maktabida yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilma va yosh sportchilar uchun olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📌 Uchrashuv chog‘ida sport maktabining kelgusidagi rejalari, yoshlarni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚽️ Quvonarli yangilik!
Sport maktabida qizlar futboli to‘garagi ham o‘z faoliyatini boshladi. Bu esa qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kelajakda professional sportchilarni yetishtirish yo‘lidagi muhim qadamdir. 👏💪


🌟 Sport — sog‘lom kelajak poydevori!
Nurafshonda sport rivoji yo‘lida olib borilayotgan ishlar bundan buyon ham izchil davom etadi.

📣 Bizni kuzatib boring, eng so‘nggi yangiliklar bilan bo‘lishamiz!

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1👌1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va mamlakat xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Nurafshon shahrida izchil va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda navbatdagi tadbir "Nurafshon" va "Yangiobod" MFY aholisi uchun tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etib, hududlarda belgilangan vazifalarning ijrosi, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borishdi.


🇺🇿Zotan, hududdan boshlangan amaliy ishlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining real hayotdagi ifodasidir.



✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati