Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
🏟 Bugun Nurafshon shahrida sportga katta e’tibor!

Bugun Nurafshon shahri hokimi o‘rinbosari Sh.Inomxonov shahardagi sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida sport maktabida yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilma va yosh sportchilar uchun olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📌 Uchrashuv chog‘ida sport maktabining kelgusidagi rejalari, yoshlarni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚽️ Quvonarli yangilik!
Sport maktabida qizlar futboli to‘garagi ham o‘z faoliyatini boshladi. Bu esa qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kelajakda professional sportchilarni yetishtirish yo‘lidagi muhim qadamdir. 👏💪


🌟 Sport — sog‘lom kelajak poydevori!
Nurafshonda sport rivoji yo‘lida olib borilayotgan ishlar bundan buyon ham izchil davom etadi.

📣 Bizni kuzatib boring, eng so‘nggi yangiliklar bilan bo‘lishamiz!

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1👌1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va mamlakat xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Nurafshon shahrida izchil va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda navbatdagi tadbir "Nurafshon" va "Yangiobod" MFY aholisi uchun tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etib, hududlarda belgilangan vazifalarning ijrosi, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borishdi.


🇺🇿Zotan, hududdan boshlangan amaliy ishlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining real hayotdagi ifodasidir.



✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#Obodonlashtirish

#Obodonlashtirish 🌿🌸

📌 Shaharni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan dastur asosida Nurafshon shahrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shahar ko‘chalarida mavsumiy va manzarali gul ko‘chatlari ekilib, yashil hududlar izchil kengaytirilmoqda.


Ushbu tadbirlar shahar infratuzilmasini yanada obod qilish, ekologik holatni yaxshilash hamda aholi uchun qulay, ozoda va estetik muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. 🌱


✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2👍2👏2