Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi masjidda sodir bo‘lgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani hamda jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Президент Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Пакистана Асифу Али Зардари и Премьер-министру Шахбазу Шарифу в связи с многочисленными человеческими жертвами и пострадавшими в результате террористического акта, произошедшего в мечети города Исламабада.

Глава нашего государства выразил искренние соболезнования народу Пакистана, семьям и близким погибших, а также пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ZAHAR EMAS — ZAFAR. HAYOTNI TANLA!


❗️Mahalla yoshlar yetakchisi — sening do‘sting, sirdoshing va yo‘lboshing. U kerak bo‘lsa tanbeh beradi, ogohlantiradi va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi. Barchasi — kelajaging uchun.

🔴Seni zararli illatlardan qaytarayotganlarga quloq sol.
Bir lahzalik xato butun umringga zomin bo‘lmasin.


✔️Zaharni emas, hayotni tanla!
📹Obrazda Chirchiq shahri mahalla yoshlar yetakchilari.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT, E’LON!

TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Hurmatli tadbirkorlar!
Nurafshon shahri hokimligi hamda Respublika va viloyat ishchi guruhlari tomonidan tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari o‘tkaziladi.

🗓 Muloqot uchrashuvlari quyidagi mahallalarda bo‘lib o‘tadi:
🟢 10-fevral, soat 11:00
1-sektor hududi — “Ma’rifat” MFY
📍 Nurafshon shahri hokimligi binosi

🟢 12-fevral, soat 11:00
2-sektor hududi — “Nurafshon” MFY
📍 “Tong” madaniyat markazi binosi

🟢 14-fevral, soat 11:00
3-sektor hududi — “Oybek” MFY
📍 Xalq qabulxonasi binosi

🟢 18-fevral, soat 11:00
4-sektor hududi — “Dehqonobod” MFY
📍 “Dehqonobod” MFY binosi

📌 Uchrashuvlar davomida:
1️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntiriladi;
2️⃣ Tadbirkorlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot beriladi;
3️⃣ Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi;
4️⃣ Shahardagi mavjud imkoniyatlar, yangi loyihalar, bo‘sh turgan bino-inshootlar hamda zaxiradagi yer uchastkalari bilan tanishtiriladi;
5️⃣ Yangi ish o‘rinlari yaratib, hududimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi.


🔴 Muloqot uchrashuvlari belgilangan jadval asosida shaharning barcha hududida o‘tkaziladi.

‼️ Nurafshon shahridagi barcha tadbirkorlar va tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarni ushbu muloqot uchrashuvlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
• Savdo-sanoat palatasi Nurafshon shahri bo‘limi boshlig‘i — S.Tursunov
📱 +998 94 335 31 67
• Nurafshon shahri hokimligi mutaxassisi — A.Hakimov
📱 +998 97 048 44 00

Nurafshon shahri hokimligi
🌍🌍🌍🌍🌍

👉 t.me/Nurafshonpressa

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇

🧭Web-site 😎 Telegram 😎Instagram 😎 Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida qizlar o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa doirasida bugun shahar Markaziy o‘yingohida qizlar o‘rtasida futbol bahslari tashkil etildi.

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan qizlar o‘rtasida futbol sportiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning jismoniy faolligini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlashdan iborat.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 32-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 9-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 57-maktab jamoasi


G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.


t.me/Nurafshonpressa
👍1
#tabrik

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

💐 Toshkent viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi Nurafshon shahri bo‘limi sho’basi bosh mutaxassisi Ergashev Ramziddinxo’ja Faxriddin o‘g‘lini tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz.

Sizga mustahkam sog‘liq, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, mas’uliyatli mehnat faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Kelgusida ham faoliyatingizda ulkan yutuq va zafarlar hamroh bo‘lsin!

Nurafshon shahri hokimligi


t.me/Nurafshonpressa
👍8👏4🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yakshanba_mutolaasi
#yaxshi_hikoya

⚡️O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Xayriddin SULTONning "Navoiy  "krutoy" yozadi" nomli hikoyasini tinglang.

Hikoyani adibning o‘zi o‘qigan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Navoiy — ma’rifat, ilm va inson kamoloti timsoli

Toshkent viloyati hokimligi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan Bo‘stonliq tumanida ilk bor "Navoiy — ma’rifat, ilm va inson kamoloti timsoli" shiori ostida “Navoiyshunoslar forumi — 2026” tashkil etildi.

Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi arafasida o‘tkazilgan ushbu anjuman yurtimizda navoiyshunoslik yo‘nalishidagi muhim ilmiy-ma’naviy voqea sifatida tarixga kirdi.

Forum boshlanishidan avval shoir va ijodkorlar, olim-u ziyolilar ishtirokida Erkin Vohidov haykali poyida ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, buyuk shoirlar ijodidan baytlar o‘qildi, so‘z va tafakkurga hurmat bajo keltirildi. Bu ramziy tadbir forumga o‘zgacha ruh va ma’naviy kayfiyat bag‘ishladi.

Shundan so‘ng “Green Hills Resort” dam olish maskanida forum o‘z ishini boshladi. Unda olimlar, navoiyshunoslar hamda soha vakillari ishtirok etib, Alisher Navoiy merosini o‘rganish, uni keng targ‘ib etish borasida o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Ilmiy muloqotlar ochiq, samimiy va sermazmun ruhda kechdi.

Forumning rasmiy ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari O. Sultonbekov, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi direktori Olimjon Davlatov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushma raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo, shuningdek, turkiyalik olim Kemal Yavuz Ataman va eronlik tadqiqotchi Farhod Rahimiyning ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalarda Navoiy ijodining badiiy-estetik qudrati, turkiy til taraqqiyotidagi tarixiy o‘rni, uning ma’naviy-ma’rifiy merosining yoshlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyati, shuningdek, xalqaro navoiyshunoslik istiqbollari atroflicha yoritildi. Ishtirokchilar Navoiyni nafaqat mumtoz shoir, balki milliy tafakkur me’mori, ma’rifatparvar davlat arbobi va til siyosati asoschilaridan biri sifatida e’tirof etdilar.

Badiiy kechada taniqli xonandalar va el suygan san’atkorlar tomonidan Navoiy g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, mehmonlarga unutilmas zavq ulashdi. Bu hol Navoiy so‘zining bugun ham qalblarda yashayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Forum yakunida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, nashrlar, tarjimalar va akademik almashinuvlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. “Navoiyshunoslar forumi — 2026” esa Navoiy poydevor qo‘ygan so‘z saltanatining bugungi avlod qalbidagi yangi sadosi sifatida tarixga muhrlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 NAVQIRON NURAFSHON SHAHRIM, XAYRLI TONG!

9-fevral kuni Nurafshon shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 Harorat:
Kun davomida +11+13° atrofida, bulutli ob-havo va yomg‘ir ehtimoli bor 🌧 (ob-havo prognozi asosida).

☁️ Tong: +5°
🌥 Kun: +13°
🌧 Oqshom: +11°
🌦 Tun: +10°

💧 Namlik: 48-76% atrofida bo‘ladi.

🌬 Shamol: Janubiy, 15–30 km/soat (taxminan 4–8 m/s).

📈 Bosim: O‘rtacha – bulutli holatlarda pasaygan bosim.

🌙 Oy: So‘nggi chorak (taxminan kechasi ko‘rinadi).

🌅 Quyosh chiqishi: 07:25
🌇 Quyosh botishi: 17:48 (taxminan)


https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir, ozgina zahar ham halok qiluvchidir.

✍🏻 Alisher Navoiy

Bugun she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tili asoschisi, jamoat va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

https://t.me/Nurafshonpressa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#sana

Bugun – buyuk soʻz sanʼatkori, sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

Istangiz

Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.

Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Boʻlsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

Yuz alarning ishqicha dardu, balou gʻussaga
Tolib ol boshiga qolgan mojaroda istangiz.

Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayndin,
Boxabar boʻlmoq meni yuzi qaroda istangiz.

Koʻnglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.

Nuqta yangligʻkim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq oʻtining dogʻini ahli vafoda istangiz.

Ogʻzi shavqidin Navoiy itti, oni istar el
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.

Alisher NAVOIY


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 TANLOV E’LONI

Toshkent viloyati Kichik va yoshlar sanoat zonalari direksiyasi tomonidan viloyatda joylashgan kichik sanoat zonalaridagi bo‘sh yer maydonlari hamda bino-inshootlar bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

🔹 Ishchi organ: Toshkent viloyati Kichik va yoshlar sanoat zonalari direksiyasi
🔹 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Navro‘z MFY, Q. Sultonov ko‘chasi, 21-uy
🔹 Telefon: +998 95 324-24-99
🔹 E-mail: smallindustrialzone@gmail.com
🔹 Mo‘ljal: Nurafshon shahri, “O‘zagrosug‘urta” binosi

📅 Tanlov sanasi va joyi:
2026-yil 27-fevral kuni, Nurafshon shahri, “O‘zagrosug‘urta” binosida joylashgan Sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyada.

🗓 Hujjat topshirish muddati:
2026-yil 26-fevralga qadar.


ℹ️ Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-sonli qarori asosida o‘tkaziladi. Eng maqbul investitsiya loyihasini taklif etgan talabgor g‘olib deb topiladi.

📄 Talabgor tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

Direksiyaga KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya buyurtmanomasi – 2 nusxada;

Muhrlangan konvertlarda:
taklif etilayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi;

investorning oxirgi uch yil (mavjud bo‘lganda) davomidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot;

talabgorning ko‘rsatilgan sohada ish tajribasi haqidagi ma’lumotlar – 2 nusxada.
2