Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishdi.

Глава государства ознакомился с деятельностью предприятия, выпускающего высокотехнологичную продукцию.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия «Infinity Copper Group» по выпуску медных труб и фитингов.

#Mirziyoyev #tanishuv #Ohangaron #korxona

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Ohangarondagi texnoparkda mis mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.

В ахангаранском технопарке Президент нашей страны ознакомился с мощностями по производству медной продукции.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrifi davomida “Premier” maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

В ходе посещения Ахангаранского района Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился также с предприятием «Premier», специализирующимся на производстве бытовой техники.

#Mirziyoyev #tanishuv #Ohangaron #korxona

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Ohangaronda maishiy texnika ishlab chiqarayotgan zamonaviy korxonada bo‘ldi.

Президент нашей страны посетил современное предприятие по производству бытовой техники.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

O‘tgan yili mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,7 foizga o‘sib, 147 milliard dollardan oshdi.

Iqtisodiyotga ilg‘or, energiya tejamkor texnologiya olib kirilayotgani, yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalar ko‘paytirilayotgani natijasida bir yil ichida bir dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga sarflangan energiya xarajatlari 15 foizga kamaydi, iqtisodiy o‘sishning yarmidan ko‘pi xizmatlar hisobidan ta’minlandi. Qishloq xo‘jaligida gektaridan o‘rtacha daromad 4,5 mingdan 5 ming dollarga ko‘paydi. Mehnat unumdorligi 4,7 foizga oshdi.

Bularning barchasi iqtisodiyotimiz yangi sifat bosqichiga o‘tayotganidan dalolat.

Biz 2026-yilda 6,6 foizli iqtisodiy o‘sish qilib, yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazishni prognoz qilgan edik. Bu geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy tebranishlar hisobga olib qilingan ehtiyotkor prognoz
”,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
Davlatimiz rahbari har bir vazir, hokim, tarmoq rahbari sohasi, tizimi, korxonalariga yangicha boshqaruv olib kirib, bor resurslardan samarali foydalansa, an’anaviy eksport bozorlari va mahsulotlariga bog‘lanib qolmasdan, yangi yo‘nalishlarni topib, tadbirkorlarga yo‘l ochib bersa, sun’iy intellekt, raqamlashtirish bo‘yicha mutaxassislarni jamlab, innovatsiyalar qilsa, salohiyatli yoshlarni topib, “startap klub”lar tashkil etsa, ularning ishlanmalarini korxonalarda qo‘llasa, yanada yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

Lekin ko‘p rahbarlar jon kuydirib, katta marra olish o‘rniga hech qanday o‘zgarish qilmasa ham o‘z-o‘zidan ta’minlanadigan rejalar olgani ko‘rsatib o‘tildi.

So‘nggi uch yilda sanoatda qo‘shilgan qiymat ulushi 40,7 foizdan 43 foizga ko‘paydi. Lekin ushbu ko‘rsatkich avtomobil ishlab chiqarishda atigi 20,7 foiz, elektr uskunalarida 29,3 foiz, oziq-ovqat sanoatida 30,1 foiz, charm sanoatda 33,4 foiz, kimyo sanoatda 40,4 foizni tashkil qilib, qo‘shilgan qiymat pastligicha qolmoqda.

Vaholanki, 2023-2025-yillarda mana shu 5 ta tarmoqqa jami 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 200 dan ziyod yangi quvvatlar ishga tushdi.

Masalan, agrotexnologiya o‘zgargani uchun dehqonlar dalada suyuq o‘g‘it ishlatishni afzal ko‘ryapti. Lekin haligacha kimyo zavodlari bunga moslasha olgani yo‘q. Faqat an’anaviy mineral o‘g‘it ishlab chiqarmoqda.

Facebook|Instagram|X
Yurtimizda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona bor.

Joriy yilda 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detalni ishlab chiqarishni boshlash muhim ekani ta’kidlandi. Ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingga yetkazish zarur.

Aholining mahalliy avtomobillarga talabini rag‘batlantirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasini ko‘rish topshirildi.

Dehqon va fermerlarda bog‘dorchilik traktori, ko‘chat ekadigan, hosil yig‘adigan, kartoshka kavlaydigan agrotexnikalarga talab ortib bormoqda.

Chirchiqdagi klaster to‘liq quvvatda ishlab, agrotexnikalarni arzon narxda chiqarsa, lizing kompaniyalari bilan qulay moliyaviy instrumentlar qilib berilsa, dehqon va fermerlar yiliga kamida 15 mingta texnikani sotib olishga tayyor.

Umuman, avtomobil sanoati mutasaddilariga har bir imkoniyatni mana shunday tahlil qilib, joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini 10,5 foizlik o‘sishni ta’minlashga moslab qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Facebook|Instagram|X