Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.2K photos
4.73K videos
63 files
13.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sana

15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni!

Mazkur "Madaniyat o'lmasin..." nomli ashula Ozodbek Nazarbekov boshchiligida soha vakillari tomonidan ijro etilib, bayram munosabati bilan premyera sifatida taqdim etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
#sana

Bugun, 15-may — Xalqaro oila kuni!

Oila
jamiyatning tayanchi, mehr-muhabbat, tarbiya va ezgulik maskanidir. Inson qalbida vatanparvarlik, hurmat, oqibat va sadoqat kabi eng yuksak fazilatlar aynan oilada shakllanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 15-may sanasi 1994-yildan buyon butun dunyoda Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.


Mazkur
sana jahon hamjamiyati e’tiborini oilaviy qadriyatlarni asrash, oila institutini mustahkamlash hamda bu boradagi dolzarb masalalarga qaratishga xizmat qiladi.

Yurtimizda ham oilaga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 15-may sanasi har yili mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda.

Aziz Toshkent viloyati ahli!

Sizlarni Xalqaro oila kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalik, mehr-oqibat, fayzu baraka va baxt-saodat bardavom bo‘lsin!

Zero, Oila tinch bo‘lsa – jamiyat barqaror bo'ladi!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1