Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahri
#Mehnat_yarmarkasi


🟢 Nurafshon shahrida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

Bugun Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tadbiridan so‘ng bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.

Mazkur yarmarkada Respublika va viloyat ishchi guruhi vakillari ham ishtirok etib, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Mehnat yarmarkasida 12 ta korxona va tashkilot ishtirok etib, jami 343 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi.

👥 Yarmarkada 26 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi:
3 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi
🎓 1 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi

Mazkur tadbir aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning bandligini oshirishga xizmat qildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍2
#xushxabar

Zoyir Mirzayev Boshqirdiston Respublikasining “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan mukofotlandi

Boshqirdiston Respublikasi yetakchisi Radiy Xabirov imzolagan farmonga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hududlararo aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Boshqirdiston Respublikasining “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan mukofotlandi.

Xabaringiz bor, ayni paytda Zoyir Mirzayev boshchiligidagi Toshkent viloyati delegatsiyasi xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Mazkur mukofotni Zoyir Mirzayevga Boshqirdiston Respublikasi boshlig‘i Radiy Xabirov tantanali tarzda topshirdi.

Zoyir Mirzayev yuksak e’tibor uchun mezbon tomon rasmiylariga chuqur minnatdorlik izhor etib, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, xususan, Boshqirdiston Respublikasi va Toshkent viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sanoat hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorlik bundan keyin ham samimiy do‘stlik va ishonch ruhida izchil davom etib borishiga ishonch bildirdi.

O‘z navbatida, qardosh respublika rasmiylari viloyatimiz delegatsiyasini tashrif bilan qutlab, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishdan mamnun va manfaatdor ekanliklarini e’tirof etdilar.

Shuningdek, ikki tomon rasmiylari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida hududlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
#Obodonlashtirish
#Toshkentyo‘li

🌿 Toshkent yo‘li ko‘chasida — jonli mehnat va shahar obodligi uchun fidoyilik!

Havo sovuq, ammo Obodonlashtirish boshqarmasi jamoasi haroratdan qo‘rqmay, Toshkent yo‘li ko‘chasida tuproqni tayyorlash va daraxtlar ekish ishlarini davom ettirmoqda. Har bir odamning mehnati ko‘chaga yangi nafas, shaharimizga yangi umid olib keladi.

Ushbu ish faqat tuproq qazish va daraxt ekish emas — bu har birimizning kelajagimizga sarmoya, yashil va obod shahar uchun qilinayotgan ulkan xizmatdir.

Fuqarolarimiz, kelinglar, birgalikda shaharimizni yanada chiroyli va qulay qilaylik. Har bir yordam, har bir qo‘l, har bir yurak bu obodonlik ishiga qo‘shilgan bebaho hissadir.


💪 Toshkent yo‘li ko‘chasini birgalikda go‘zallashtiramiz — chorlab qolamiz!

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2
#yarmarka

Ramazon oyi munosabati bilan oziq-ovqat yarmarkalari o‘z faoliyatini boshladi

Prezidentimiz topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida muborak Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent viloyati shahar va tumanlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Quyidagi havolalar orqali hududlardagi yarmarkalar manzillari bilan tanishishingiz mumkin.

Angren shahri:
Manzil: Bo‘ston mahallasida joylashgan "Angren shahar dehqon bozori" hududi 
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Bekobod tumani:
Manzil: Guliston mahallasida joylashgan "Bekobod  tumani dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Bo‘stonliq tumani:
Manzil: Markaziy mahallasida joylashgan "Bo‘stonliq tumani dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Bekobod shahri:
Manzil: O‘zbekiston mahallasida joylashgan "Bekobod shahar dehqon bozori" hududi 
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Bo‘ka tumani:
Manzil: O‘zbek mahallasida joylashgan "Istiqlol" dehqon bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Nurafshon shahri:
Manzil: To‘ytepa mahallasida joylashgan "Nurafshon shahar dehqon bozori" hududi 
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Zangioat tumani:
Manzil: Eshonguzar mahallasida joylashgan "Eshonguzar" dehqon bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Olmaliq shahri:
Manzil:  Hamza mahallasida joylashgan "Oydin" dehqon bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Ohangaron shahri:
Manzil:  Yangiobod mahallasida joylashgan "Ohangaron shahar dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Ohangaron tumani:
Manzil: Nurobod mahallasida joylashgan "Imkon" savdo majmuasi yonida
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Oqqo‘rg‘on tumani:
Manzil: Sobir Rahimov mahallasida joylashgan "Oqqo‘rg‘on tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Piskent tumani:
Manzil: Oybek mahallasida joylashgan "Piskent tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Toshkent tumani:
Manzil: Iftixor mahallasida joylashgan  "Keles" dehqon bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Chirchiq shahri:
Manzil: Yoshlik mahallasida joylashgan "Chirchiq shahar dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Chinoz tumani:
Manzil:  Sarbozor mahallasida joylashgan "Chinoz tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Parkent tumani:
Manzil: Oybek mahallasida joylashgan "Parkent tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Quyi Chirchiq tumani:
Manzil: Navqiron mahallasida joylashgan "Quyi Chirchiq tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Qibray tumani:
Manzil: Iftixor mahallasida joylashgan "Makro" savdo majmuasi ro‘parasida
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Yangiyo‘l shahri:
Manzil: Navro‘z mahallasi hududida joylashgan "Yangiyo‘l shahar dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiy

Yangiyo‘l tumani:

Manzil: Navbahor mahallasida joylashgan "Gulbahor" dehqon bozori hududi 
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

O‘rta Chirchiq tumani:
Manzil: "Qorasuv" mahallasida joylashgan 72-maktab oldida
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Yuqori Chirchiq tumani:
Manzil: Navro‘z mahallasida joylashgan "Yangibozor" dehqon  bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM