#Muloqot
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
Bugun Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq va amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi mutasaddilari, Respublika ishchi guruh azolari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, bank vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirok etdi.
🗣 Muloqot avvalida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev so‘zga chiqib, bugungi kunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish eng ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Muloqot davomida tadbirkorlarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘z faoliyatini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Ularni qiynayotgan muammo va qiyinchiliklar o‘rganilib, mutasaddilar tomonidan amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Shuningdek, tadbir doirasida ishsiz fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, aholini bandlikka jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
🕊 Telegram📱 Instagram📺 YouTube🌍 Veb sayt
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
Bugun Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq va amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi mutasaddilari, Respublika ishchi guruh azolari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, bank vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirok etdi.
✅️ Ma’lumot o‘rnida, Nurafshon shahrida 2025-yil boshidan buyon 378 ta oila kambag‘allikdan chiqarildi. Natijada kambag‘allik darajasi 6,7 foizdan 1,8 foizga kamaydi. O‘tgan yil hisobidan 269 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, ularning umumiy soni 1 572 taga yetdi.✅️ Hudud iqtisodiyotida barqaror o‘sish va ochiqlik siyosatining izchil olib borilishi natijasida 10 ta xorijiy davlat kapitali ishtirokidagi 159 ta korxona shaharda ro‘yxatdan o‘tdi. Ular tomonidan 130 million AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilib, 2 971 ta yangi ish o‘rni yaratildi.✅️ Xususan, sobiq “To‘ytepa tekstil” binosi o‘rnida “Da Shung Group” MChJ tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 270 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya evaziga qurilish materiallari ishlab chiqarish klasteri va savdo do‘konlari barpo etildi. Mazkur loyiha doirasida 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Muloqot davomida tadbirkorlarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘z faoliyatini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Ularni qiynayotgan muammo va qiyinchiliklar o‘rganilib, mutasaddilar tomonidan amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Shuningdek, tadbir doirasida ishsiz fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, aholini bandlikka jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1