Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#ezgulik
Ramazon oyining fayzli kunlarida ko‘plab ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda
Viloyat hokimining topshirig‘iga binoan kuni kecha viloyat tashkilotlari va boshqarmalari tomonidan ehtiyojmand fuqarolar, qarovsiz qolgan keksa otaxon va onaxonlar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar xonadonlariga borilib, mo‘jazgina iftorlik dasturxonlari yozildi.
Ochig‘i, bu oddiygina bir ehson dasturxoni emas, balki bu inson qadri degan ezgu g‘oyani ulug‘lash, ko‘ngillarga iliqlik ulashishdek insoniy fazilatlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi. Har bir xonadonda samimiy suhbatlar qurildi, hol-ahvol so‘raldi, ularning dardu tashvishlari tinglandi.
Eng muhimi, ular yolg‘iz emasligi, hamisha davlat va jamiyat e’tiborida ekanini yanada chuqurroq his etishdi.
Shu kuni ko‘plab xonadonlarda iftorlik dasturxoni atrofida mehr va birdamlik muhiti, yuzlarda tabassum, qalblarda esa minnatdorlik tuyg‘usi mujassam bo‘ldi. Qo‘llar duoga ochildi, ezgu tilaklar bildirildi.
Ezgu tashabbus tufayli ko‘plab ko‘ngillar ko‘tarildi, Ramazonning haqiqiy ma’nosi — saxovat va insonparvarlik yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
Bu kabi xayrli ishlar davom etadi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter

Bekobodlik keksa onaxonlardan biri Rahbarxon aya Mamajonova bunday samimiy yo‘qlovlardan mamnunligini bildirib, “Bizni eslab, holimizdan xabar olayotganingiz uchun rahmat. Dasturxondan ham ko‘ra mehringiz bizga kuch-quvvat bo‘ldi”, deydi ko‘z yoshlarini tiyolmay.
Shu kuni ko‘plab xonadonlarda iftorlik dasturxoni atrofida mehr va birdamlik muhiti, yuzlarda tabassum, qalblarda esa minnatdorlik tuyg‘usi mujassam bo‘ldi. Qo‘llar duoga ochildi, ezgu tilaklar bildirildi.
Ezgu tashabbus tufayli ko‘plab ko‘ngillar ko‘tarildi, Ramazonning haqiqiy ma’nosi — saxovat va insonparvarlik yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
Bu kabi xayrli ishlar davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Aholi murojaatlarini manzilli oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati IIBB rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli ertaga, 22-fevral (yakshanba) kuni soat 10:00da 1-mintaqaviy markaz (Chirchiq shahar IIB) binosida bo‘lib o‘tadi.
📍Manzil: Chirchiq shahri, A.Temur ko‘chasi, 70 A uy
🔹 ОБЪЯВЛЕНИЕ
В целях адресного изучения обращений населения очередной выездной приём руководства ГУВД Ташкентской области состоится завтра, 22 февраля (воскресенье), в 10:00 в здании 1-го регионального центра (УВД города Чирчик).
📍Адрес: город Чирчик, улица Амира Темура, дом 70А
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#ezgulik
Ramazon oyida Nurafshon shahrida ham mehr-oqibat tadbirlari davom etmoqda.
Ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz keksalar xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olinib, iftorlik sovg‘alari topshirildi.
Samimiy suhbatlar davomida nuroniylar ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, duolar qilishdi. Bu ezgu tashabbus Ramazonning asl mohiyati — saxovat va insonparvarlikni yana bir bor namoyon etdi.
Xayrli ishlar davom etadi.
https://t.me/Nurafshonpressa

👍4❤1
RASMIY MUNOSABAT
"Xalq so'zi" gazetasining 2026-yil 21-fevral sonida “Kutubxona fabrikaga aylanmasin” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.
Unda Nurafshon shahri “To‘ytepa” mahallasida joylashgan sobiq O‘rta Chirchiq tumani markazlashgan kutubxonalar tizimi idorasi binosida ayni paytda tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritayotgani bayon etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
2017-yilda hozirgi Nurafshon shahri O‘rta Chirchiq tumani hududidan ajratilib, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanganidan so‘ng shaharning yangi bosh rejasi (genplan) ishlab chiqildi. Mazkur hujjatga muvofiq, shahar hududlari bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Unda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini zamonaviy talablar asosida joylashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda shaharsozlik me’yorlariga qat’iy rioya etish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Shu munosabat bilan, ilgari “To‘ytepa” mahallasi hududida joylashgan kutubxona binosi aynan o‘sha manzilda qayta tiklanmaydi. Bosh rejaga muvofiq, kutubxona shaharning yangi rivojlanayotgan qismida, transport va piyodalar harakati nuqtayi nazaridan aholiga yanada qulay hududda zamonaviy loyiha asosida barpo etiladi.
Yangi loyiha doirasida:
- zamonaviy arxitektura yechimlariga ega 2–3 qavatli kutubxona majmuasi quriladi;
- elektron kutubxona va raqamli axborot markazi tashkil etiladi;
- bolalar va yoshlar uchun alohida interaktiv mutolaa xonalari yaratiladi;
- kovorking maydoni va tadbirlar zali barpo etiladi;
- imkoniyati cheklangan shaxslar uchun to‘liq infratuzilma (pandus, lift va boshqa qulayliklar) ta’minlanadi.
Yangi kutubxona shahar aholisi, ayniqsa yoshlar uchun ochiq, qulay va zamonaviy madaniy makonga aylanadi.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, kutubxona faoliyati tugatilmaydi. Aksincha, u shaharning bosh rejasi asosida yanada munosib va zamonaviy ko‘rinishda qayta barpo etiladi.

"IT Park"ning ta'lim rezidentlari hamda ilmiy-tadqiqot bilan shug‘illanuvchi tashkilotlar diqqatiga!
🏷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PF-59-sonli qarori asosida “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” IT Park rezidentlari uchun faoliyat turlari kengaytirildi.
➡️Endilikda IT Park ta'lim rezidentlariga ingiz tili qatori boshqa xorijiy tillarga ham o‘qitish imkoniyati berildi
➡️Shuningdek, imiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari (R&D) bilan shug‘illanovchi tashkilotlar "IT Park" rezidentligiga a'zo bo‘lishi mumkin.
🔗Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun: +998 71 209 11 99 |1345
📥"IT Park" rezidentligiga ariza yuborish uchun: my.it-park.uz
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

NURAFSHON SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASI
BOSH HISOBCHISINING KORRUPSIYAGA QARSHI MUROJAATNOMASI
Assalomu alaykum, muhtaram hamkasblar va aziz hamyurtlar!
Men, Xasanov Shuhrat Isomiddinovich, shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi sifatida shuni ta’kidlaymanki, har bir sohada bo‘lgani kabi tibbiyotning iqtisodiy asoslarida ham halollik va shaffoflik taraqqiyotning garovidir.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati doirasida, birlashmamiz moliya-xo‘jalik faoliyatida quyidagi tamoyillarni qat’iy ta’minlashga va’da beraman:
Moliyaviy intizom: Davlat tomonidan ajratilgan har bir so‘m mablag‘ning maqsadli va manzilli sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
Ish haqi va rag‘batlantirish: Tibbiyot xodimlarining ish haqi, mukofot pullari va boshqa to‘lovlari adolatli, shaffof va o‘z vaqtida to‘lanadi.
Davlat xaridlari: Tibbiy jihozlar, dori-darmonlar va xo‘jalik mollari xaridi faqat shaffof tenderlar va qonuniy platformalar orqali amalga oshiriladi.
Tamagirlikka qarshi kurash: Moliya va buxgalteriya bo‘limida har qanday sun’iy to‘siqlar, ulush talab qilish yoki hujjatlarni asossiz ushlab turish holatlariga mutlaqo chek qo‘yilgan.
Hurmatli hamkasblar!
Agar moliya-buxgalteriya masalalarida biron-bir nohaqlikka yoki korrupsion holatga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
🟢 Ishonch telefonlari: 1203, 1103
🟢 Bosh hisobchi: +998 94 284 68 65
🟢 Elektron pochta: [email manzilingizni kiriting]
🟢 Bosh hisobchi yordamchisi – Turgunova Dildora Jalolitdinovna: +998 99 857 63 83
Xasanov Shuhrat Isomiddinovich
Shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi

Niyatimiz:
Rizqimiz but, mehnatimiz halol bo‘lsin. Kasbimizga bo‘lgan sadoqatimiz va vijdonimiz pokligi bizni har doim yuksaklikka boshlasin. Nurafshon ahli salomatligi uchun ajratilgan har bir mablag‘ xalqimiz manfaatiga xizmat qilsin.
Xasanov Shuhrat Isomiddinovich
Shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi
https://t.me/Nurafshonpressa
❤1👍1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti boshlanadi.
—
Скоро в резиденции «Куксарой» начнется диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный дополнительным возможностям для поддержки ее инициатив.
Facebook|Instagram|X
—
Скоро в резиденции «Куксарой» начнется диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный дополнительным возможностям для поддержки ее инициатив.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.
– dedi Prezidentimiz.
Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.
“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.
Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.
Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.

❤2