Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.18K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
#Muloqot

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa


Bugun Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq va amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi mutasaddilari, Respublika ishchi guruh azolari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, bank vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirok etdi.

🗣Muloqot avvalida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev so‘zga chiqib, bugungi kunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish eng ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

✅️Ma’lumot o‘rnida, Nurafshon shahrida 2025-yil boshidan buyon 378 ta oila kambag‘allikdan chiqarildi. Natijada kambag‘allik darajasi 6,7 foizdan 1,8 foizga kamaydi. O‘tgan yil hisobidan 269 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, ularning umumiy soni 1 572 taga yetdi.

✅️Hudud iqtisodiyotida barqaror o‘sish va ochiqlik siyosatining izchil olib borilishi natijasida 10 ta xorijiy davlat kapitali ishtirokidagi 159 ta korxona shaharda ro‘yxatdan o‘tdi. Ular tomonidan 130 million AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilib, 2 971 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

✅️Xususan, sobiq “To‘ytepa tekstil” binosi o‘rnida “Da Shung Group” MChJ tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 270 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya evaziga qurilish materiallari ishlab chiqarish klasteri va savdo do‘konlari barpo etildi. Mazkur loyiha doirasida 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.


Muloqot davomida tadbirkorlarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘z faoliyatini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Ularni qiynayotgan muammo va qiyinchiliklar o‘rganilib, mutasaddilar tomonidan amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Shuningdek, tadbir doirasida ishsiz fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, aholini bandlikka jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.


🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz har gal biz yoshlar bilan uchrashganida yuksak e'tibor va g'amxo'rlikni his qilamiz —

Kamronbek Hakimov, Nurafshon shahri "Obod turmush" mahallasi yoshlar yetakchisi.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2🤝2


YETTITA OILA AJRIMDAN SAQLAB QOLINDI

🟢Nurafshon shahrida ajrim yoqasida bo‘lgan yosh oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir avvalida shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova oilaning jamiyatdagi ahamiyati, uning mustahkamligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda O'rta Chirchiq tumanlararo sudi raisi R.Abduazimov, Adliya bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonkulov hamda FHDYO bo‘limi boshlig‘i M.Mayusupova ishtirok etib, oilaviy muammolarni hal etish, farzand tarbiyasi va ajrimlarning oldini olish bo‘yicha chuqur tushuntirishlar berishdi.

Tadbirda 16 ta oila ishtirok etdi:


7 ta oila yarashtirildi,
9 ta oilaga muhlat berildi,
15 nafar bola yetimlikdan asrab qolindi.


❗️Tadbirning asosiy maqsadi — oilalarning barqarorligini ta’minlash, sog‘lom va qulay muhit yaratish hamda ajrimlarning oldini olishdir.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


MUHTOJ OILALAR UCHUN IFTORLIK DASTURXONLARI YOZILMOQDA

🗣Muborak va qutlug‘ Ramazon oyi munosabati bilan Nurafshon shahrida xayrli amallar va iftorlik tadbirlari izchil davom etmoqda.

Navbatdagi ezgu tadbir "Yangiobod" MFY da shahar Soliq inspeksiyasi homiyligida tashkil etilib, unga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, shuningdek, yurtimizga Falastindan olib kelingan oilalar taklif etildi.


Bunday xayriya tadbirlari jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Forwarded from E-auksion_Toshkent_viloyat (🇺🇿)
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 43 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 64 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 20 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 27 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 13 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube