Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.18K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Surxondaryoni har tomonlama rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi.

Глава нашего государства обозначил новые возможности для всестороннего развития Сурхандарьи.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


RAMAZON SHUKUHIDA MEHR-OQIBAT TADBIRLARI BO'LIB O'TMOQDA

Muqaddas Ramazon oyi jamiyatimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muborak oyda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir.

Shu munosabat bilan “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila xonadonida shahar hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i R.Haydarov tomonidan oila vakillari va mahalla ahli uchun iftorlik dasturxoni tashkil etildi.


🔂Nurafshon shahrida Ramazon oyi munosabati bilan amalga oshirilayotgan xayriya va ezgu tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


HOKIM QABULIDA BIR OILANING KO‘P YILLIK MUAMMOSI IJOBIY HAL ETILDI

Kuni kecha Nurafshon shahar “Xalq qabulxonasi”da shahar hokimi Ilxom Klichxanovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda murojaatchilarning muammolari tinglanib, ularga qonun doirasida tegishli tushuntirish va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

🔂Jumladan, fuqaro Olimjon Matkarimov uy-joy xarid qilish maqsadida quruvchi tashkilotga 178 million so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirganini ma’lum qildi. Biroq oradan ikki yil o‘tgan bo‘lsa-da, na uy-joy, na to‘langan mablag‘ni qaytarib ololgan.


Murojaat joyida atroflicha o‘rganilib, mas’ullar ishtirokida muammo bartaraf etildi hamda tadbirkor tomonidan yetkazilgan zarar qoplab berildi.

❗️Bunday qabullar aholi muammolarini joyida va tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolarning murojaatlariga e’tibor bilan yondashish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish mahalliy hokimliklar hamda davlat organlarining ustuvor vazifalaridan biridir. Zero, har bir murojaat ortida inson qadri mujassam.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥2👏1


GIYOHVANDLIK – UMR ZAVOLI

🌀Nurafshon shahar MMTBga qarashli 26-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamkorligida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni turli yot illatlardan, xususan, giyohvandlikdan asrash hamda huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda yuqori sinf hamda "Jasorat sinfi” o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Harbiy xizmatchilari tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan zararli odatlarning oldini olish, hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Tadbir yakunida yoshlarni Vatanga sadoqatli, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash yo‘lida bunday profilaktik uchrashuvlar muntazam o‘tkazib borilishi ta’kidlandi.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINMOQDA

Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Nurafshon shahrida mehr-muruvvat tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan, “Ma’rifat”, "Obod", "Degantepa" MFY mas’ullari tomonidan mahalla hududida yashovchi fuqarolarning salomatligi va yashash sharoitlari o‘rganilib, ehtiyojmand oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Mazkur tadbirlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


"BIRLIK" MAHALLASIDA AHOLI BIRLIGIDA HASHAR TASHKIL QILINDI

✅️Nurafshon shahri "Birlik" mahallasida mahalla faollari ishtirokida navbatdagi hashar tashkil etildi.

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Z. Maxsudova va mahalla yettiligi boshchiligida fuqarolar, faol yoshlar va jamoat vakillari bir maqsad atrofida birlashib, hududni yanada koʻrkam va qulay qilish borasida amaliy ishlar olib bordilar.


Hashar jarayonida yoʻlaklar tozalandi, yashil hududlardagi xazonlar yigʻishtirildi, daraxtlarga ishlov berilib, mahalla atrofida umumiy tartib-intizom taʼminlandi.

Aholining bunday hamjihatligi va fidoyiligi orqali mahallasi yanada obodlashib, yashash uchun qulay maskanga aylanib bormoqda.

Mahalla fuqarolarining bir maqsad yoʻlida birlashib amalga oshirgan mehnati jamoatdagi hamjihatlik va oʻzaro hurmatni yanada kuchaytirdi.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


DIQQAT, BUGUN RO‘YXATGA OLISHNING OXIRGI KUNI!


2026-yil 15-yanvardan boshlab mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonlardan biri — aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari izchil olib borildi. Bugun, 28-fevral kuni ro‘yxatga olish jarayonlari yakuniga yetadi.

Nurafshon shahrida mas’ul idoralar hamda mahalla yettiligi tomonidan xonadonbay, har bir fuqaro to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlar shakllantirilmoqda. Jarayon puxta reja va tizimli yondashuv asosida tashkil etilib, barcha hududlar to‘liq qamrab olindi.


Aholini ro‘yxatga olish kelgusida ijtimoiy himoya, bandlik, infratuzilmani rivojlantirish hamda manzilli dasturlarni samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hurmatli fuqarolar! Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, bugun — oxirgi imkoniyatdan foydalaning. Ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok eting va aniq ma’lumot taqdim etish orqali hududimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing! Ro‘yxatdan o‘tish census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn amalga oshiriladi.

📷Foto: Nurafshon shahri Yangiobod mahallasi.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM