Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


TIBBIY YO‘NALISHDA AMALIY YORDAMLAR O‘Z EGALARIGA YETIB BORDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi munosabati bilan Vaqf xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur xayriya tadbirlari doirasida ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan, og‘ir ijtimoiy ahvolda yashayotgan oilalarga moddiy yordam ajratilmoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan hamda davolanishga muhtoj bemorlarning salomatligini tiklash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahridagi “Ma’rifat” MFY hududida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoya reyestrida ro‘yxatda turgan fuqarolar viloyat tibbiyot muassasalariga davolanish uchun joylashtirilib, ularning davolanish bilan bog‘liq xarajatlari to‘liq qoplab berilmoqda.


Bu kabi ezgu tashabbuslar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#rasmiy_xabar

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15-martga qadar
uzaytirildi

Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi.

15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
________________
#официальное_сообщение

Базовая норма потребления природного газа на отопительный сезон
продлена во всех регионах Республики до 15 марта

Согласно обновлённым прогнозам погоды, в связи с поступлением холодных воздушных масс в регионы страны, базовая норма потребления в объёме 500 кубических метров, установленная на отопительный сезон, продлена во всех регионах Республики до 15 марта 2026 года.

После 15 марта, при необходимости, дополнительные меры будут приниматься с учётом погодных условий.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
1👎1


QIZLAR TARBIYASI – MILLAT ERTASI


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab joriy yilning 1-martidan 1-apreliga qadar “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktika oyligi o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida Nurafshon shahridagi 48-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar IIB XPB VYMB katta inspektor-psixologi, kapitan M.I. Djumabayeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, kapitan L.B. Baxtiyorova hamda maktab ma’muriyati vakillari ishtirok etdilar. Davra suhbatida maktabning yuqori sinf o‘quvchi qizlari qamrab olindi.


🔺Uchrashuv davomida “Erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish” hamda “Qizlar tarbiyasi – millat tarbiyasi” mavzulari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan erta nikoh va erta onalikning salbiy oqibatlari, qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda mustaqil hayotga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1


SHE’RIYATDA YASHAGAN SADOQAT: ZULFIYAXONIM XOTIRASIGA EHTIROM


Nurafshon shahridagi 1-sonli umumta’lim o‘rta maktabida atoqli shoira, O‘zbekiston Qahramoni Zulfiya Isroilova tavalludi munosabati bilan xotira-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir maktab ma’muriyati va ona tili hamda adabiyot fani o‘qituvchilari hamkorligida o‘tkazildi.

🏷Unda shoiraning ibratli hayot yo‘li, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, Vatanga muhabbat, sadoqat, matonat va insoniylik g‘oyalarini tarannum etgan asarlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. So‘zga chiqqanlar Zulfiyaxonimning ijodiy faoliyati, uning o‘ziga xos badiiy mahorati hamda o‘zbek she’riyatidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdilar.


Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan shoiraning she’rlaridan namunalar ifodali o‘qildi, hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida Z.Isroilovaning boy va serqirra ijodiy merosi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.


🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


MEHNAT DAFTARCHASINI RAQAMLASHTIRISH NIMA?


🌀Bu – qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasidagi mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklga o‘tkazish jarayoni.

Mehnat daftarchasini raqamlashtirishning nima afzalliklari bor?

🔵Ish faoliyatingizni raqamli tizimda yuritish va ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash imkonini beradi (qog‘oz shakldagi mehnat daftarchalari yo‘qolishi yoki yaroqsiz holatga kelishi mumkin)

🔵 Pensiya tayinlashda mehnat staji avtomatik aniqlanadi va fuqarolarning ortiqcha vaqt sarfi tejaladi.

🔵Davlat xizmatlaridan tez va oson foydalanish imkonini beradi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


SOG‘LOM MUHIT — OBODONLIKDAN BOSHLANADI

⚡️Nurafshon shahridagi barcha mahalla va ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari izchil va tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

🏷Jumladan bugun, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan "Toshkent yo‘li ko'chasi" da tozalash ishlar olib borildi.


🔺Shuning natijasida hududdagi ariqlar va zovurlar tozalanib, yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planishi oldi olinib, mavjud muammolar bartaraf etilmoqda.

Telegram🌐Instagram 📹YoWeuTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘lini «Jasorat» medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении младшего сержанта Эшназарова Хосилбека Бекназар угли (посмертно) медалью «Жасорат»"

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Президент Республики Узбекистан, Верховный Главнокомандующий Вооруженными Силами Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам укрепления обороноспособности страны.

#Mirziyoyev #yigilish #mudofaa #xavfsizlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Международным женским днем – 8 Марта"

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О награждении Государственной премией имени Зульфии"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X