Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


✅️Bahor mavsumida kuzatiladigan kutilmagan sovuq harorat sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararlanishini oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar haqida ma’lumotga ega bo‘ling.

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kislotali yomg‘ir haqidagi xabar — feyk!

Ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida go‘yoki “kislotali bulutlar” shakllanib, ular yog‘inlar bilan Markaziy Osiyo davlatlari hududiga yetib kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur ma’lumotlar ilmiy jihatdan asoslanmagan.

Kislotali yog‘inlar atmosferada oltingugurt oksidlari (SO₂) va azot oksidlari (NO₂) uzoq vaqt davomida to‘planib, bulutlarda suv bug‘i bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday jarayonlar asosan yirik sanoat hududlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqindi manbalari yaqinida kuzatiladi.

Havo massalari uzoq masofalarga ko‘chishi jarayonida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi atmosferadagi turbulentlik, vertikal aralashish, quruq va nam cho‘kish jarayonlari ta’sirida keskin kamayadi. Shu sababli manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislotali yog‘inlar shakllanishi deyarli mumkin emas.

Bundan tashqari, yog‘inlarning hosil bo‘lishi mahalliy bulut hosil bo‘lish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, yog‘inlar asosan hudud ustidagi atmosferada mavjud bo‘lgan suv bug‘i va aerozollar hisobiga shakllanadi.

Meteorologik kuzatuvlar va atmosfera havosi sifati monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, kislotali bulutlarning O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar hududiga ko‘chib kelishi xavfi kuzatilmayapti.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


⚡️UY-JOY SUBSIDIYASI OCHILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2026 yil kungi 29-son farmoni qabul qilindi

🔷 Farmonga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 16 mart kuni soat 09:00 dan boshlab jo‘natish mumkin va arizalar qabul 1-dekabrga qadar davom etadi.

🔷 Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali borgan holda yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali masofadan turib topshirish mumkin.

❗️Asosiy talab!

🔷 Subsidiya orqali uy-joy olaman degan talabgorlarning o‘rtacha oylik daromadi:

🔷 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lash yeng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha;

🔷 Toshkent shahrida — 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lishi kerak.


👉 Batafsil...

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


"Kelajak soati"da muhim mavzu: Mehnatning tagi – rohat


🔺 Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablarida har haftaning ilk kunida o‘quvchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.

✅️Ana shunday darslardan biri bugun Nurafshon shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Mehnatning tagi – rohat” mavzusida o‘tkazildi.


Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mehnatning inson hayotidagi o‘rni, halol mehnat orqali muvaffaqiyatga erishish hamda har qanday natija ortida tinimsiz mehnat yotishi haqida tushunchalar berildi.

O‘quvchilar tomonidan mavzuga oid maqol va she’rlar aytildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda “Mehnat – muvaffaqiyat kaliti” mavzusida erkin fikr-mulohazalar bildirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#diqqat
#eslatma

❗️Ertaga “Open budjet”da ovoz berish boshlanadi


Bugun, 10-mart soat 23:59 dan so‘ng, 2026-yil 1-mavsum uchun saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish jarayoni boshlanadi.

🗳Ovoz berish 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


✅️Bugun, 10-mart Nurafshon shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Raxmonqulov Gulboy Jonqobilovich tavallud topgan kun.

Hurmatli, Gulboy Jonqobilovich!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, oilangizga tinchlik-osoyishtalik tilaymiz.

🏷Yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, adolat tamoyillarini mustahkamlash yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda Sizga ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va bardavom zafarlar yor bo‘lsin.

Doimo el-yurt hurmati va e’tiborida bo‘lib, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz.


Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🤝1


Nurafshon shahrida sovuq havo ta’siriga qarshi profilaktik choralar ko‘rilmoqda


❗️O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi axborotiga ko‘ra, joriy yilning 9-12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi prognoz qilingan edi.

✅️Bahor mavsumida kuzatilayotgan mazkur kutilmagan ob-havo o‘zgarishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda shahar hududida ekilgan manzarali ko‘chatlar va gullarni sovuqdan himoya qilish maqsadida Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov topshirig‘iga asosan keng ko‘lamli amaliy ishlar hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.


Xususan, shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan shahar bo‘ylab sovuqqa chidamlilik darajasi nisbatan past bo‘lgan manzarali ko‘chatlar va gullar maxsus himoya qoplamalari bilan o‘ralib, sovuq ta’siridan asrash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ko‘chatlarning ildiz qismiga zarar yetishining oldini olish maqsadida maxsus vositalar bilan himoyalanmoqda.

🤔Hurmatli hamshaharlar! Havo harorati keskin pasaygan davrda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiya etiladigan agrotexnik tadbirlar haqida mazkur havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2🤝1


Nurafshonda “Mobil angiograf” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Nurafshon shahar markaziy shifoxonasida zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi “Mobil angiograf” markazi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur markaz Nurafshon shahri hamda O‘rta Chirchiq tumani aholisi uchun zamonaviy tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

⚡️Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun fuqarolar Nurafshon shahar hamda O‘rta Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP, OP va OShP larda faoliyat yuritayotgan oilaviy shifokorlarning yo‘llanmasi asosida murojaat qilishlari mumkin. Tekshiruvlar tegishli mutaxassislar ishtirokida bepul amalga oshiriladi.

“D” nazoratida turuvchi bemorlar, imtiyozli toifaga kiruvchi fuqarolar, jumladan, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nafaqaxo‘rlar hamda tegishli tibbiy reyestrlarda qayd etilgan fuqarolar ushbu tibbiy ko‘rikdan ustuvor tartibda o‘tkaziladi.


🏷Markaz faoliyati yuqori texnologik tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish orqali turli kasalliklarni erta aniqlash, aniq tashxis qo‘yish hamda samarali davolash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32🔥1
Nurafshonda sovuq havo ta’siriga qarshi profilaktik choralar ko‘rilmoqda

❗️O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi axborotiga ko‘ra, joriy yilning 9-12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi prognoz qilingan edi.

Bahor mavsumida kuzatilayotgan mazkur kutilmagan ob-havo o‘zgarishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda shahar hududida ekilgan manzarali ko‘chatlar va gullarni sovuqdan himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan shahar bo‘ylab sovuqqa chidamlilik darajasi nisbatan past bo‘lgan manzarali ko‘chatlar va gullar maxsus himoya qoplamalari bilan o‘ralib, sovuq ta’siridan asrash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ko‘chatlarning ildiz qismiga zarar yetishining oldini olish maqsadida maxsus vositalar bilan himoyalanmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1