Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
Nurafshonda sovuq havo ta’siriga qarshi profilaktik choralar ko‘rilmoqda

❗️O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi axborotiga ko‘ra, joriy yilning 9-12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi prognoz qilingan edi.

Bahor mavsumida kuzatilayotgan mazkur kutilmagan ob-havo o‘zgarishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda shahar hududida ekilgan manzarali ko‘chatlar va gullarni sovuqdan himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan shahar bo‘ylab sovuqqa chidamlilik darajasi nisbatan past bo‘lgan manzarali ko‘chatlar va gullar maxsus himoya qoplamalari bilan o‘ralib, sovuq ta’siridan asrash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ko‘chatlarning ildiz qismiga zarar yetishining oldini olish maqsadida maxsus vositalar bilan himoyalanmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xoʻjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки инженерных кадров для сельского и водного хозяйства.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #kadrlar

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
2👍1


Ramazon tuhfalari o‘z egalariga yetib bordi

✅️Muborak Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan yurtimiz bo‘ylab barcha mahallalarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalarini yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

🌀Bugun Nurafshon shahrida ham ushbu xayriya tadbiri doirasida oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari 172 ta xonadondagi o‘z egalariga topshirildi. Mazkur xayriya ishlari Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi rahbari Z. Maxsudova, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Q. Sijodmonov hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida tashkil etildi.


Ular tomonidan ehtiyojmand oilalar, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar hamda yolg‘iz keksalar uylariga borib, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

🤔Bu kabi ezgu tashabbuslar muborak Ramazon oyida saxovat va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, jamiyatimizda insonparvarlik qadriyatlarini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👎1
Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft va gaz sohasida belgilangan vazifalar ijrosining holati yuzasidan hisobot berildi.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе реализации задач, поставленных в нефтегазовой отрасли.

#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #neftgaz

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X