Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам вывода системы работы с обращениями населения на новый уровень и углубленного анализа общественного мнения.

Facebook
|Instagram|X
2
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yurtimiz nufusi 38 milliondan, mehnatga layoqatli aholi 20 milliondan oshdi, so‘nggi to‘qqiz yilda aholi daromadi 2 karra ko‘paydi.

Xalqimiz og‘irini yengil qilish, ko‘targan masalalariga yechim topish bo‘yicha vazir va hokimlar mahallaga tushib ishlaydigan tizim yaratildi. Bu yil ham mahallalarda aholi turmushini yaxshilashga 56 trillion so‘m ajratilmoqda.

“Endi vazirlar, hokimlar o‘ziga savol bersin: shuncha imkoniyat bo‘la turib, aholi ko‘targan masalalarga vaqtida yechim topib beryaptimi? Bundan to‘qqiz yil oldin Xalq qabulxonalari tashkil qilinganda bitta maqsad qo‘yilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish.

To‘g‘ri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali ishladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda o‘zgartiradigan vaqt keldi
,

– dedi Prezidentimiz.

Bundan keyin “Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak” degan shior har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining bosh qoidasi bo‘lishi zarurligi qayd etildi.

Facebook
|Instagram|X
3
O‘tgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi rahbar qilib tayinlangandi.

Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda rahbarlarning o‘zi shug‘ullangani uchun hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamaygani, aholi ko‘targan masalalarning 60-70 foizi ijobiy hal bo‘layotgani ta’kidlandi. Lekin qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin o‘zgarish qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

Misol uchun, fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi Sergelidan oqib o‘tadigan “Junariq” kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni so‘ragan. Bu masalaga ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga yuzaki javob berilgan.

Holat ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi Ichki ishlar (148 ming), Majburiy ijro byurosi (134 ming), Energetika (88 ming), Bandlik (60 ming) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga (56 ming) tegishli ekani qayd etildi.

Facebook
|Instagram|X
1


Hashar – elga yarashar: Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrining barcha hududlarida, xususan mahalla, qabriston hamda ko‘chalarda umumxalq hashari doirasida obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda. Jumladan, "To‘ytepa" MFY hududidagi "Adham Sahoba" qabristonida hashar tashkil etildi.

Unda qabriston hududi tartibga keltirilib, yo‘laklar hamda atrof-muhit tozalandi, begona o‘t-o‘lanlar yig‘ishtirildi, ko‘chatlar ekildi va hududni obodonlashtirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi.


Bunday ezgu tashabbuslar xalqimizga xos bo‘lgan hamjihatlik, mehr-oqibat va birdamlik kabi qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1


Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!

Erta tongdan boshlab Nurafshon shahrining barcha mahallalarida, xiyobon va maydonlarida, “Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.

Mazkur obodonlashtirish tadbirlaridan biri Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi hamda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan "Taraqqiyot" va "Nurafshon" mahallalarida olib borildi.

Unda ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, hududlardagi zovurlar tozalandi, ko‘chalar supurildi, daraxtlar oqlanib, yangi ko‘chatlar ekildi.


Mazkur tadbirlar shahar hududlarining obodligi va sanitariya holatini yaxshilash, aholi yashash maskanlarini yanada ko‘rkam va ozoda saqlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Zakovatli o‘quvchilar aniqlandi

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka, hamda bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida Nurafshon shahrida turli ma’rifiy va intellektual tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan shahardagi 32-sonli umumta’lim maktabida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Bellashuvda yuqori sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib, turli mavzulardagi savollarga javob berish orqali o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda tezkor tafakkurini namoyon etdilar.


Bellashuv yakuniga ko‘ra, yuqori bilim va faollik namoyon etgan 9-sinf o‘quvchilari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa munosib rag‘batlantirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#maxsus_dayjest

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 13–14 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun Toshkent viloyatining barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Quyidagi havolalar orqali shahar va tumanlarda o‘tkazilgan  hashar jarayonlari bilan batafsil tanishish mumkin.

▶️Angren shahar
➡️Bekobod shahar
➡️Bekobod tuman
➡️Bo‘ka tumani
➡️Bo‘stonliq tumani
➡️Nurafshon shahar
➡️Olmaliq shahar
➡️Ohangaron shahar
➡️Ohangaron tumani
➡️Oqqo‘rg‘on tumani
➡️Parkent  tumani
➡️Piskent tumani
➡️Qibray tumani
➡️Quyi Chirchiq tumani
➡️Toshkent tumani
➡️Zangiota tumani
➡️Chirchiq shahar
➡️Chinoz tumani
➡️O‘rta Chirchiq tumani
➡️Yangiyo‘l tumani
➡️Yangiyo‘l shahar
➡️Yuqori Chirchiq tumani


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Zamonaviy texnologiya xonalari foydalanishga topshirildi


⚡️Nurafshon shahrida ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilarga qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish hamda yosh avlodning kasb-hunar ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🏷Shu nuqtai nazardan, shahardagi 25-sonli umumta’lim maktabida o‘g‘il va qiz bolalar uchun zamonaviy texnologiya (kasbga yo‘naltirish) xonalari barpo etildi.

🤔Natijada o‘quvchilar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay o‘quv muhit yaratildi, bu esa ularning tikuvchilik, duradgorlik, payvandchilik, qurilish sohalaridagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur loyiha “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida 500 mln. so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirildi. Qurilish va ta’mirlash ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda "Temur Story" MChJ tomonidan bajarilib, xonalar foydalanishga topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


Nurafshon shahrida umumxalq hashari yuqori uyushqoqlik bilan davom etmoqda

🌱Bahorning kirib kelishi va Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etilmoqda.

🟢Hasharning birinchi kunida shahrimizning turli hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, ko‘plab ko‘chatlar ekildi, hududlar tartibga keltirildi hamda daraxtlar oqlanib, atrof-muhitni yanada obod qilish bo‘yicha muhim ishlar bajarildi.

Bugun hasharning ikkinchi kuni ham yuqori ruh va katta uyushqoqlik bilan boshlandi. Jumladan, Nurafshon shahrining kirish qismida shahar faollari, nuroniylar, mahalla yettiligi vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Hashar davomida hududlarni tozalash, ko‘chat ekish, daraxtlarni oqlash va atrof-muhitni yanada obod qilishga qaratilgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday xayrli tadbirlar shahrimizning yanada ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Barcha yurtdoshlarimizni umumxalq hasharida faol ishtirok etishga chorlab qilamiz.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM