Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Sog‘lom turmush tarzi va sport – Navro‘z shukuhida

🌀Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga qaratilgan turli tadbirlar keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.

✅️Shu jumladan, Nurofshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda Nurofshon “Arena” sport maktabi tashabbusi bilan stadionda “Navro‘z – milliy qadriyatlarimiz” shiori ostida ko‘tarinki ruhda ertalabki badantarbiya, fitnes mashg‘ulotlari va milliy sport musobaqalari tashkil etildi.


Tadbir davomida milliy o‘yinlarimizdan “Arqon tortish”, “O‘rtaga tushar” va “Ko‘k terak” kabi bellashuvlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona va qizg‘in raqobat muhiti yuzaga keldi. Bu esa jamoaviylik, birdamlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Musobaqalar yakunida g‘olib bo‘lgan 14 nafar tibbiyot xodimlari munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqimizning aql-zakovati, fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi Yangi O‘zbekistonni tinchlik, ezgulik, bilim va ma’rifat diyori sifatida olamga tarannum etsin!

Пусть Центр исламской цивилизации, созданный огромным интеллектуальным потенциалом и самоотверженным трудом нашего народа, прославляет Новый Узбекистан как страну мира и добра, знаний и просвещения!

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Navro‘z bayrami arafasida Nurafshondagi ijtimoiy obyektlar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi


🌀Nurafshon shahar hokimi Ilxom Maxmudjanovich Klichxanov "Nurafshon" mahallasi hududida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy obyektlarning tayyorgarlik holati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida, avvalo, mahalla kirish qismiga mahalla nomi aks ettirilgan zamonaviy arka o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur inshootning dizayni, me’moriy yechimi hamda shaharsozlik me’yorlari va estetik talablarga muvofiq joylashtirilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

🔂Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan bir qator tibbiyot muassasalari, jumladan, shahar oilaviy poliklinikasi, viloyat qon quyish stansiyasi hamda xususiy tibbiyot markazlarining mavjud holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, ularni rasmiy ochilish marosimiga tayyorlash jarayonlari batafsil o‘rganildi.


Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi uchun qulay ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mahallaning zamonaviy qiyofasini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, barcha obyektlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash va ularni Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1👎1🔥1


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

❗️Nurafshon ShET quyidagilarni ma’lum qiladi. "N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3" dan chiquvchi "F. Qorasuv 6 kV" tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan brigadalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 18-mart kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

13:00 – 14:00 ("Eyvalek", "Oybek", "Muqimiy", "Obod turmush", "Navro‘z", "Qumariq", "Dehqonobod", "To‘ytepa" MFY lari.)


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Bugun Nurafshon shahar Davlat soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Sayfiyev Jasur Ravshanovichning tavallud topgan kuni!

Ushbu qutlug‘ kunda Nurafshon shahar hokimi, hokimlik jamoasi hamda barcha hamkasblar nomidan Sizni samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kasbiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar hamda doimo omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2


📌Nurafshon shahrida yangidan ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi tafsilotlari O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti hamda “Toshkent haqiqati” gazetasi nigohida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🤝1
“Biz Vatanimiz kuch-qudratini oshirish, har bir oila va har bir insonning hayotini yaxshilash bo‘yicha yanada katta marralarni olganmiz. Bugun hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim.

Ayni paytda shuni yaxshi anglashimiz kerak, endi kechagi harakat bugunga, bugungisi esa ertangi kun talabiga kamlik qiladi. Shu bois, belgilab olgan marralarga erishish uchun yanada samarali harakat qilishimiz zarur”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

Samarqand ishsizlik, kambag‘allik, investitsiya, eksport masalalari, umuman, barcha sohada namunaviy viloyat bo‘lishi shartligi qayd etildi.

Viloyatda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 million dollar, Urgut tumanining o‘ziga yana 50 million dollar ajratildi. Umuman, viloyatga barcha manbalar hisobidan 11 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda. Tadbirkorlarga kredit uchun yana 18 trillion so‘m resurs berilmoqda.

Hajmi jihatidan bu miqdordagi mablag‘ har qachongidan ko’ra ko’proq ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook
|Instagram|X
3


Nurafshon shahrida namunaviy seminar tashkil etildi

📌Nurafshon shahri "Hurriyat" MFY hududida tasdiqlangan reja-grafik asosida amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir "Milliy bank Nurafshon BXO" rahbari T.Nishonxo‘jayev hamda shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari M.Xudaykulov boshchiligida o‘tkazildi.

✅️Seminar "Hurriyat" MFY da istiqomat qiluvchi To'rayevlar xonadonida tashkil etilib, unda “Aholi tomorqa yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish”, shuningdek, atirgul, romashka va pion gullarin yetishtirish texnologiyalari, yil davomida ekinlarni necha marotaba ekish mumkinligi hamda tomorqadan olinadigan yillik daromad bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.


Seminar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Ushbu kabi amaliy tadbirlar aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish va daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1🤝1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
#bildirish

Hurmatli viloyatimiz ahli va mehmonlari!

Xabaringiz bor, joriy yilda Navro‘z umumxalq bayrami “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Sizlarni 21–22-mart kunlari viloyatimiz markazi — go‘zal va navqiron Nurafshon shahridagi Nurafshon Siti hududida bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z” umumxalq sayliga taklif etamiz.

Bayram sayli davomida Siz milliy qadriyatlarimiz va asori-atiqalarimizni o‘zida mujassamlashtirgan, Navro‘z ruhi va falsafasiga monand rang-barang lahzalarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Buning uchun ayni paytda juda katta tashkiliy-tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tuman va shaharlar hamda viloyatimizdagi boshqarma va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan bayram povilonlarida:

🤔 xalq o‘yinlari va milliy an’analar, urf-odatlar namoyishi;

🤔 milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, (jumladan, belbog‘li kurash);

🤔 “Varraklar sayli”;

🤔folklor-etnografik jamoalar chiqishlari, askiya bazmi va masxarabozlar shousi:

🤔 amaliy san’at va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari;

🤔Navro‘zning shohona taomlari — sumalak, xalim va ko‘k somsalardan tashqari kundalik taomnomamizdan o‘chib, deyarli unutilib borayotgan asl sof, tabiiy darmondorili milliy yeguliklar tortiladigan dasturxonlar — boshqacha aytganda "Atala"xonimdan tortib, "Palovxonto‘ra"gacha Sizlarni kutadi!


Bundan tashqari, san’at ustalari va ijrochi yoshlar, havaskor dastalarning bayram dasturlariga ham guvoh bo‘lasiz.

Sayilga keluvchilar uchun bayram kunlari qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida hududlardan Nurafshon shahriga jamoat transportlari ko‘paytiriladi.

Barchangizni ushbu unutilmas bayram shodiyonalariga chorlab qolamiz!

⚠️Diqqat!

⛔️Bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sayil o‘tkaziladigan hududda vaqtincha transport harakati cheklanadi.

Barchangizni bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, birgalikda, quvonch, zavq va shukronalik bilan nishonlashga chorlaymiz!

Tinch va osoyishta yurtimizda bayramlar bayramlarga ulanaversin!

SAYILGA MARHAMAT!

📍Manzil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1