Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.8K photos
4.26K videos
61 files
13K links
Download Telegram


“Nurafshon” mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari nazoratdan o‘tkazildi

Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida olib borilgan o‘rganish jarayonida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida foydalanishga topshirilayotgan ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, 200 qamrovli oilaviy poliklinika, viloyat Qon quyish markazi, shuningdek, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tayyorgarlik jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

✅️Shahar hokimi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan me’yoriy talablarga to‘liq mosligi, mahalla aholisiga qulaylik yaratish hamda yashash sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish vazifasi yuklatildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


"Nurafshon" mahallasi yanada obod maskanga aylanmoqda


Ayni vaqtda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida “Nurafshon” mahallasida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

✅️Mahallaga kirish qismida hudud nomi aks etgan zamonaviy arka o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

✅️Hududdagi ariqlar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, ularni beton qoplama bilan mustahkamlash ishlari tashkil etilgan.

✅️Aholi xonadonlaridagi tomorqalardan unumli foydalanish yuzasidan targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilib, hasharlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

✅️Mahalla hududidagi daraxtlarga agrotexnik ishlov berilib, oqlash ishlari amalga oshirilmoqda hamda yashil hududlar chiqindilardan tozalanmoqda.

✅️Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida uzoq yillardan buyon foydalanilmay kelinayotgan, avariya holatiga kelgan beton ustunlar maxsus texnikalar jalb qilingan holda demontaj qilinib, hududdan olib chiqib ketilmoqda.

✅️Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan oilaviy poliklinika hududida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


Mazkur sa’y-harakatlar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, hududning obod va zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1