Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


DXX Kubogi musobaqalariga qur'a tashlandi


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahalla uyushmasi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “DXX kubogi”ning Nurafshon shahar bosqichi o‘yinlari boshlanish arafasida.

Bugun Yoshlar markazida futbol va mini-futbol yo‘nalishlari bo‘yicha mahalla jamoalari o‘rtasida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. Unda ishtirokchilarga musobaqa nizomi va tartib-qoidalari batafsil tushuntirilib, jamoalar guruhlarga ajratildi.

🔂Shuningdek, musobaqaning shahar bosqichini yuqori saviyada tashkil etish, jamoalar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratish, ishtirokchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.


⚽️ Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, futbol sport turini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Bellashuvlarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌“Nurafshon” mahallasida foydalanishga topshirilgan bir qator yangi ijtimoiy soha obyektlari “Yoshlar” telekanali lavhasida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


DXX kubogi musobaqalari Nurafshon shahar bosqichi o‘yinlariga qur'a tashlandi

🎥Jarayonlar qisqa videorolikda

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1


Nurafshon shahrida badiiy gimnastika hamda badminton sport turlari bo‘yicha Prezident olimpiadasi va “Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni keyingi bosqichlarga saralab olish maqsadida tashkil etildi. Unda shahardagi ta’lim muassasalari va sport maktablaridan kelgan o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdi.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etib, har bir yo‘nalishda murosasiz kurash olib bordilar.

Ayniqsa, badiiy gimnastika chiqishlari o‘zining nafisligi va uyg‘un harakatlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi, badminton bahslari esa keskin va qiziqarli ruhda kechdi.


Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng yaxshi natija qayd etgan sportchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
O‘zbekiston geologiya sohasi xodimlariga tabrik

Поздравление работникам сферы геологии Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X