Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish tafsilotlari "O'zbekiston 24" telekanali maxsus lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Yoshlar muammolari va takliflari muhokama qilindi


🤔Nurafshon shahar prokurori T. Karimov boshchiligida yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🟣Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish kabi masalalarda bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama qilindi.

🟣 Ayniqsa, kredit masalasida murojaat qilgan yoshlar uchun “Aloqa bank” mas’ullari bilan bevosita muloqot tashkil etildi. Bank mutaxassislari tomonidan kredit ajratish tartibi, mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


🟢Uchrashuv yakunida bildirgan muammolarni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤝1


Yangiobod mahallasida navro‘z, shukronalik va birdamlik ayyomi


Yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Navro‘z umumxalq bayrami bu yil ham yuksak ruh, milliy qadriyatlarga sadoqat va insoniy fazilatlarni ulug‘lash kabi ezgu g'oyalar asosida keng nishonlanmoqda. Xususan, Nurafshon shahrida ushbu qadimiy ayyom yangilanish, mehr-oqibat va hamjihatlik timsoli sifatida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Shahar hududidagi Yangiobod mahallasida tashkil etilgan “Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari” doirasidagi tantanalar alohida shukuh va fayz bilan o‘tdi. Bayram tadbirida mahalla ahli, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida ezgu tilaklar bildirildi.

🔂Tadbir dasturi rang-barang chiqishlarga boy bo‘lib, unda yosh iste’dod egalari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Shuningdek, mahalla sport hayotida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan sportchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

🔂Bayram doirasida aholi uchun sovrinli shou-dasturlar, milliy o‘yinlar va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib, fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishiga imkon yaratildi. Ushbu tadbirlar orqali mahallada o‘zaro hurmat, birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.


Navro‘z bayrami Yangiobod mahallasida nafaqat milliy an’analarimizni ulug‘lash, balki shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlash, aholi o‘rtasida mehr-oqibat va totuvlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida "Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari" davom etmoqda

📌Yangiobod mahallasi

🎥Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👌1🤝1
Nurafshonda yangi “Raqamli innovatsiyalar vodiysi” loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhim muzokaralar o‘tkazildi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashib, 2027–2030-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik "Digital innovation valley" loyihasini muhokama qildi.

Muloqotda Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent viloyati bo'linmasi boshlig'i X. Yo'ldoshev ham ishtirok etdi.

Loyiha umumiy 35 gektar hududni qamrab olib, unda IT Park, innovatsiyalar markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari, zamonaviy laboratoriyalar, konferensiya zallari, ta’lim binolari hamda turar joy infratuzilmasi barpo etilishi rejalashtirilgan.

🔂Shuningdek, loyiha doirasida qiymati 200 million AQSH dollari bo‘lgan sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha milliy markaz tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida:

✔️ 500+ ilmiy va innovatsion loyihalar amalga oshiriladi
✔️ 160+ texnologik prototiplar yaratiladi
✔️100+ startaplar shakllantiriladi
✔️10 mln dollar xususiy investitsiyalar jalb qilinadi
✔️ 40 ta texnologik yechim tijoratlashtiriladi
✔️10 ta startap xalqaro bozorlarga chiqadi


Uchrashuvda tomonlar loyihani dastlabki tashkiliy jarayonlari, joy tanlash va zaruriy kommunikatsiyalar bilan ta'minlanishi, shuningdek loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, hududda zamonaviy innovatsion ekotizim yaratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM