Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Nurafshonda yangi “Raqamli innovatsiyalar vodiysi” loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhim muzokaralar o‘tkazildi
❕ Bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashib, 2027–2030-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik "Digital innovation valley" loyihasini muhokama qildi.
Muloqotda Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent viloyati bo'linmasi boshlig'i X. Yo'ldoshev ham ishtirok etdi.
Loyiha umumiy 35 gektar hududni qamrab olib, unda IT Park, innovatsiyalar markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari, zamonaviy laboratoriyalar, konferensiya zallari, ta’lim binolari hamda turar joy infratuzilmasi barpo etilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda tomonlar loyihani dastlabki tashkiliy jarayonlari, joy tanlash va zaruriy kommunikatsiyalar bilan ta'minlanishi, shuningdek loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, hududda zamonaviy innovatsion ekotizim yaratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Muloqotda Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent viloyati bo'linmasi boshlig'i X. Yo'ldoshev ham ishtirok etdi.
Loyiha umumiy 35 gektar hududni qamrab olib, unda IT Park, innovatsiyalar markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari, zamonaviy laboratoriyalar, konferensiya zallari, ta’lim binolari hamda turar joy infratuzilmasi barpo etilishi rejalashtirilgan.
🔂 Shuningdek, loyiha doirasida qiymati 200 million AQSH dollari bo‘lgan sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha milliy markaz tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida:
✔️ 500+ ilmiy va innovatsion loyihalar amalga oshiriladi✔️ 160+ texnologik prototiplar yaratiladi✔️ 100+ startaplar shakllantiriladi✔️ 10 mln dollar xususiy investitsiyalar jalb qilinadi✔️ 40 ta texnologik yechim tijoratlashtiriladi✔️ 10 ta startap xalqaro bozorlarga chiqadi
Uchrashuvda tomonlar loyihani dastlabki tashkiliy jarayonlari, joy tanlash va zaruriy kommunikatsiyalar bilan ta'minlanishi, shuningdek loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, hududda zamonaviy innovatsion ekotizim yaratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hunarmandchilik orqali yoshlar bandligi ta’minlanmoqda
🤔 Tadbir doirasida shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev hunarmand va duradgorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda uyushmagan yoshlar ushbu ustalarning ish faoliyatiga jalb etilib, ularga kasb sirlarini o‘rganish, amaliy tajriba to‘plash hamda kelgusida doimiy ish bilan ta’minlanish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarga o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib kasb tanlash, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va kerakli mutaxassis bo‘lib shakllanish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni mehnatga jalb qilish va jamiyatda faol fuqaro sifatida kamol topishiga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Amir Temurning so‘nmas xotirasiga hurmat-ehtirom xalqimizning bu ulug‘ zotga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifodalaydi, barchamizni yangi-yangi yutuqlarga ruhlantiradi.
—
Почтение к немеркнущей памяти великого Амира Темура выражает глубокую любовь и уважение нашего народа к этой выдающейся личности, вдохновляя всех нас на новые свершения.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Amir Temur merosi — e’tibor markazida
❕Amir Temur tavalludining 690 yilligi Nurafshon shahri miqyosida keng nishonlandi. Jumladan O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo'limi hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida Shahrisabzga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Unda nuroniylar, yoshlar va faollar ishtirok etib, yurtimizning boy tarixiy merosini chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar.
✅️ Sayohat davomida ishtirokchilar Oqsaroy majmuasi, Dorut-tilovat majmuasi hamda Dorus-saodat majmuasi kabi muqaddas maskanlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa ularda ajdodlarimiz merosiga hurmat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Shuningdek, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan Nurafshondagi “Ma’rifat” mahallasi kutubxona fondiga kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi. Mazkur loyiha aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1