Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


Amir Temur merosi — e’tibor markazida

Amir Temur tavalludining 690 yilligi Nurafshon shahri miqyosida keng nishonlandi. Jumladan O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo'limi hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida Shahrisabzga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Unda nuroniylar, yoshlar va faollar ishtirok etib, yurtimizning boy tarixiy merosini chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar.

✅️Sayohat davomida ishtirokchilar Oqsaroy majmuasi, Dorut-tilovat majmuasi hamda Dorus-saodat majmuasi kabi muqaddas maskanlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa ularda ajdodlarimiz merosiga hurmat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.


Shuningdek, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan Nurafshondagi “Ma’rifat” mahallasi kutubxona fondiga kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi. Mazkur loyiha aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🌀Kutubxona fondi 100 dan ortiq badiiy, ilmiy-ommabop hamda tarixiy adabiyotlar bilan boyitilgan bo‘lib, unda Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar alohida o‘rin egallaydi. Kelgusida bu maskanda kitobxonlik kechalari, uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_intervyu

Toshkent viloyatida islohotlar samaradorligi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar:

Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichkhanov intervyusi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍31👏1🤝1


Nurafshonda DXX kubogi — futbol shiddati avjida!

⚽️Nurafshon shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida DXX kubogi mini futbol musobaqalari yuqori saviyada davom etmoqda. 16–30 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa mahallalarda futbolni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘yin natijalari:
🟣"Dehqonobod" 5:2 "Obod turmush"
🟣"Ma’rifat" 1:3 "Dehqonobod"
🟣"Degantepa" 3:0 "Birlik"


Musobaqalar jarayonida mahalla futboli izchil rivojlanib borayotgani, maydonda esa yangi-yangi iqtidorli futbolchilar kashf etilayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Turnir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan birga, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Davlat xavfsizlik xizmati kubogi futbol musobaqalari 2026-yilgi mavsum Nurafshon shahar bosqichi ochilish o'yinlari tafsilotlari “Yoshlar” telekanali lavhasida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤝1


Prezident tashabbusi amalda. Kengash raisi va yoshlar uchrashuvi — samimiy muloqot va yangi imkoniyatlar

Kuni kecha, 73-sonli umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Rahbar va yoshlar" formatidagi ushbu tadbir ochiq muloqot va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ruhida o‘tdi.

Uchrashuv davomida:
✔️ O‘quvchilarning ilm-fan, kasb-hunar va tillarni o‘rganishga qiziqishi hamda oliy ta’limga qamrovini oshirish masalalari ko‘rildi.

✔️ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kutubxona va sport to‘garaklarini yaxshilashga doir murojaatlari tinglandi.

✔️ Kengash raisi yoshlarga hayotiy tajribasi va imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berib, faollarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.


Yakunda muammolar yechimi bo‘yicha "yo‘l xaritasi" belgilanib, iqtidorli yoshlarning g‘oya va tashabbuslari shahar Kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1