Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


Fuqarolar murojaatlari — kun tartibidagi asosiy masala

Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan navbatdagi qabul tashkil etildi.

Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, hokim o‘rinbosari N. Djumanova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala atroflicha qonun doirasida ko‘rib chiqildi.

✅️Qabul davomida murojaatlar asosan ijtimoiy himoya, kadastr, qurilish va infratuzilma, ish bilan ta'minlash yo‘nalishlariga oid bo‘lib, har bir murojaat yuzasidan aniq topshiriqlar berildi hamda mas’ullarga ijrosi bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.


Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.

Fuqarolar bilan bunday ochiq va tizimli muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi bosh mutaxassisi
Ibrohim Omanboyevning maqolasi "ILM-FAN XABARNOMASI" ilmiy jurnalida e’lon qilindi

✅️Ushbu maqolada “Deputat + yoshlar faolligi” modeli orqali yoshlar tashabbusi va deputatlar vakolatlarini birlashtirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda davlat tizimi shaffofligini oshirish g‘oyasi ilgari suriladi.

Shuningdek, byudjet nazorati va reyting tizimi kabi amaliy takliflar orqali aholining davlatga ishonchini mustahkamlash maqsad qilingan.


🟣To'liq maqolani o'qish

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤝21🔥1👏1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 43 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 64 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 20 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 27 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 13 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Amir Temur – milliy g‘urur timsoli

📌Nurafshon shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda maktab o‘quvchilari, ustozlar hamda mehmonlar ishtirok etib, Sohibqironning boy tarixiy merosi va davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Tadbir tantanali ruhda, milliy qadriyatlarimizga xos tarzda tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ular orqali Amir Temurning jasorati, donishmandligi va yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari yoritib berildi. Ayniqsa, tarixiy obrazlar asosida tayyorlangan chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi va o‘quvchilarning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.


✅️Shuningdek, tadbir yakunida ustozlar tomonidan yosh avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash haqida muhim fikrlar bildirildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda, milliy g‘urur va iftixorni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1