Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Targ‘ibot — islohotlar samaradorligining muhim omili


🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 8-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, viloyat miqyosida islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida maxsus targ‘ibot guruhi tuzildi. Ushbu guruh hududlarda faoliyat olib borib, aholining xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

✅️Xususan, bugun Nurafshon shahrida o'tkazilgan targ'ibot tadbirida shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi J.Axmedkulov, shahar Mahallar uyushmasi rahbari Z.Maxsudova hamda faol targ'ibotchilar ishtirok etib, so'nggi vaqtlarda hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha, hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berilar.


Ayniqsa, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, dolzarb taklif va ilg‘or tashabbuslar chuqur tahlil qilinib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bu kabi targ'ibot tadbirlari Nurafshon shahrining barcha mahallarida o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026 yil 14 aprel kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Degantepa" MFY binosida, shahar hokimligi, shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda hududdagi ishsiz aliment to'lovchi fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda — Evalak mahallasida navbatdagi uchrashuv


Avvalroq xabar berilganidek, Nurafshon shahrida islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadidagi targ‘ibot guruhi samarali faoliyatini olib bormoqda. Targ'ibot tadbirlari doirasida Evalak mahallasidagi 1-son umumta’lim maktabida ham pedagog xodimlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

✅️Muloqotda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O'.Rashidov, hamda Kengash mudiri K.Umarboev ishtirok etib, so‘nggi yillarda viloyatimiz, xususan, Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda ayni shu jarayonlarda pedagoglar zimmasiga yuklanayotgan muhim vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.


Uchrashuv davomida o‘qituvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlarni bilimli va vatanparvar ruhda tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish hamda bu sohada sud nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по дальнейшей либерализации порядка применения финансовых штрафов в отношении субъектов предпринимательства и повышению эффективности судебного контроля в сфере.

#Mirziyoyev #taqdimot #tadbirkorlik #jarimalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔴🟦🟦

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Nurafashon shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.

Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻


📱Facebook

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida o‘tkazilgan "Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari" tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM