Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 8-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilish hamda Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Nurafshon shahrida olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤝1


Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalari xodimlari diqqatiga!

Tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun sport musobaqalarining mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi hamda voleybol turlari bo‘yicha tumanlararo bosqichiga start berildi.

Mazkur musobaqalar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlari o‘rtasida jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, ularning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Viloyat tibbiyot muassasalari jamoalari uchun musobaqalar:

🗓2026-yil 17-aprel kuni
Soat 09:00 da
📌"Nurafshon arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Barcha tibbiyot xodimlarini faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sog‘lom tanada – sifatli xizmat garovi!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1


Nurafshonlik o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘ldi


Nurafshon shahar 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11- sinf o‘quvchisi Durdona Umirzakova o‘zining yuqori bilim darajasi, izlanishlari hamda tinimsiz mehnati bilan yuqori natijalarga erishdi.

🟣Xususan, u biologiya, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti, kimyo fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin qabul qilish huquqini qo'lga kiritdi.


🏷Shu o‘rinda, o‘quvchining ushbu yutuqlarida ustozlarining fidokorona mehnati, ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi va yaratilgan imkoniyatlarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidlash joiz.

💠O‘quvchimizning ushbu muvaffaqiyati yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, ularni bilim olish, o‘z ustida ishlash va yuksak marralarni zabt etishga undaydi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏63👍3🔥1👌1


Tinchlik tasviri – bolalar ijodida


🤔 Nurafshon shahri yoshlari o‘rtasida “Biz tinchlik istaymiz” mavzusida rasmlar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yoshlar qalbida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

🤔Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan tinchlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va yorqin kelajak tasvirlangan rang-barang ijodiy ishlar namoyish etildi. Har bir rasm o‘quvchilarning ichki dunyosi, orzu-intilishlari va yurt tinchligiga bo‘lgan yuksak ehtiromini o‘zida aks ettirdi.


Yakunda hakamlar hay’ati tomonidan eng sara ijodiy ishlar saralab olinib, g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Ushbu tanlov yoshlar o‘rtasida ijodiy muhitni yanada rivojlantirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan axborot berildi.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по социальной поддержке военнослужащих, совершенствованию системы подготовки офицеров резерва и запаса, а также подготовке к 9 мая – Дню памяти и почестей.

#Mirziyoyev #taqdimot #mudofaa #ijtimoiyhimoya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


“Yoshlar kuni” doirasida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov hudud yoshlari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

✅️Tadbir davomida imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan shaxmat musobaqalari hamda ular tomonidan yaratilgan san’at asarlari ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi.


🎥Jarayonlar qisqa videorolikda

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🤝2🔥1👌1
#maxsus_dayjest

Prezidentimiz boshchiligida joriy yilning 24-fevral kuni yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilash taklifi ilgari surilgan edi.


Mazkur tashabbus doirasida kecha viloyatning barcha hududlarida rahbarlarning yoshlar bilan ochiq muloqotlari tashkil etildi.

Quyidagi havolalar orqali shahar va tumanlarda o‘tkazilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Angren shahar
Bekobod shahar
Bekobod tuman
Bo‘ka tumani
Bo‘stonliq tumani
Nurafshon shahar
Zangiota tumani
Olmaliq shahar
Ohangaron shahar
Oqqo‘rg‘on tumani
Parkent  tumani 
Qibray tumani
Toshkent tumani
Chirchiq shahar
Chinoz tumani
O‘rta Chirchiq tumani
Yangiyo‘l tumani
Yangiyo‘l shahar
Yuqori Chirchiq tumani

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Yoshlar salomatligi – kelajak poydevori

Nurafshon shahrida joylashgan Prezident maktabining o‘quvchi qizlari uchun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi targ‘ibotchisi N. Muratova tomonidan “Qizlar gigiyenasi” hamda “Qizlar salomatligi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🟣Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘smir qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish madaniyatini shakllantirish, shuningdek, ularning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan zarur bilim va ko‘nikmalarni oshirishdan iborat.


🔂Tadbir davomida ishtirokchilarga mavzu yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilibdi. Shuningdek, o‘quvchi qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM