Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.4K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
#maxsus_dayjest

Prezidentimiz boshchiligida joriy yilning 24-fevral kuni yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilash taklifi ilgari surilgan edi.


Mazkur tashabbus doirasida bugun viloyatning barcha hududlarida rahbarlarning yoshlar bilan ochiq muloqotlari tashkil etildi.

Quyidagi havolalar orqali shahar va tumanlarda o‘tkazilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
Angren shahar
Bekobod shahar
Bekobod tumani
Bo‘stonliq tumani
Nurafshon shahar
Zangiota tumani
Olmaliq shahar
Ohangaron shahar
Ohangaron tumani
Oqqo‘rg‘on tumani
Parkent  tumani
Piskent tumani
Qibray tumani 
Toshkent tumani
Chirchiq shahar
Chinoz tumani
O‘rta Chirchiq tumani
Yangiyo‘l tumani
Yangiyo‘l shahar
Yuqori Chirchiq tumani


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida ayol pedagog xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan sportning voleybol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2👍1


Xotin-qizlar salomatligi va faolligi — e’tibor markazida

Nurafshon shahrining “To‘y tepa” mahallasida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Unda Nurafshon shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Djumanova, shahar mahallalar uyushmasi rahbari Z.Maxsudova, tibbiyot birlashmasi rahbari M.Peltabayeva hamda mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirok etdi.


Suhbat davomida ginekolog I.Mashrabova tomonidan bugungi kunda ayollar orasida uchrayotgan bachadon va ko‘krak saratoni kasalliklari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida xotin-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝21👎1


📌Nurafshon. Favvoralar kuni kayfiyati

1-may – Favvoralar kuni munosabati bilan Nurafshon shahri markazidagi favvora atrofida bayramona kayfiyat hukm surmoqda.

❗️Endilikda har kuni Nurafshon shahri aholisi va mehmonlari ushbu go'zal manzaradan bahramand bo'lishlari mumkin.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏1


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

❗️Nurafshon ShET va O‘rta Chirchiq TET ma’lum qiladiki, N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi “Qorasuv” XEL-6 kV tarmog‘ida avariyaviy holatlarning oldini olish hamda tarmoqni yuksizlantirish maqsadida qo‘shimcha tarmoq tortish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-may kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

08:00 – 17:00 ("Oybek", "Obod turmush", "Muqumiy", "Dehqonobod", "Navro‘z", "Qumariq" MFY lari.)


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎51


Nurafshon shahar sport maktabida 2025-yilda “Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etishda hamda aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishda faol ishtirok etgan mahalla raislari, yoshlar yetakchilari va seleksioner-trenerlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sport vazirligi vakili Sh. Olimov, viloyat sport boshqarmasi rahbari R. Bobokulov, viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi A. Abdujabborov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


So‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

Taqdirlash jarayonida faol ishtirok etganlar Sport vazirligi tomonidan sport kiyim-boshlari bilan rag‘batlantirildi.

❗️Mazkur e’tirof hududlarda faoliyat yuritayotgan fidoyi tashkilotchilar va mutaxassislar uchun muhim rag‘bat bo‘lib, kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishda xizmat qilishi qayd etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM