Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.4K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan Qumariq mahallasi fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unga tor soha mutaxassislari hamda oilaviy shifokorlar jalb qilinib, ultratovush va elektrokardiogramma tekshiruvlari o‘tkazildi.

Tekshiruvlar natijasida birlamchi kasallik holatlari aniqlanmadi. Surunkali kasallikka ega bemorlarga shifokorlar tomonidan zarur maslahat va tavsiyalar berildi.


Tadbir doirasida “Sog‘lom turmush tarzi” hamda “Tamaki chekishning salbiy oqibatlari” mavzularida suhbat tashkil etildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Pensiyangizni naqd shaklga o‘tkazishni oson amalga oshiring.


Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Pensiya jamg‘armasi tomonidan my.gov.uz portalida “Pensiya to‘lovini naqd shaklga o‘tkazish” nomli onlayn xizmat joriy etilgan.

🏷Mazkur xizmat orqali fuqarolar uydan chiqmagan holda pensiya to‘lovlarini naqd shaklga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Shu bilan birga, ushbu jarayonni amalga oshirish uchun Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilish talab etilmaydi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


“Toshkent yo‘li ko‘chasi”ni yanada obodonlashtirish va tartibga solish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev hamda shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i J. Sayfiyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishida shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari, mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida shahar hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan, “Toshkent yo‘li ko‘chasi” bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish jarayonlari atroflicha va tanqidiy ruhda tahlil qilindi.

Muhokamalar jarayonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi tashqi reklama vositalarining belgilangan me’yor va talablarga to‘liq mosligi, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, hududni yagona me’moriy qiyofa asosida tartibga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda ko‘chaning umumiy sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

❗️Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida muddatli harbiy xizmatchilarning “Vatanga qasamyod” marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir tafsilotlari “NURAFSHON TV” telekanali nigohida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonlik o‘quvchilar "Vatanparvar" bog'ida

Nurafshon shahrida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlar xotirasini e’zozlash hamda ularning jasoratini yod etish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🏷Jumladan, Nurafshon shahar 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon City hududidagi “Vatanparvar” bog'iga tashrif buyurdilar.


🟣Tashrif davomida o‘quvchilarga Vatanimiz tinchligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning mardligi, jasorati hamda ularning unutilmas xotirasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan yodgorlik poyiga gullar qo‘yilib, qahramonlar xotirasi yod etildi.

💠Mazkur tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM