Mahalla yoshlari bilim sinovlarida bellashdi
✅ Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo'nalishlardagi mantiqiy savollar bo‘yicha o‘z bilim hamda tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yoshlar jamoaviy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va bilimga chanqoqlik borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka va mustaqil fikrlashga keng jalb etish, shuningdek, mahallalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
Yoshlar bilan jonli muloqotlar davom etmoqda
Davlat rahbarining tashabbusi bilan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan so‘ng, Nurafshon shahrida mutasaddi rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotlar an’anaga aylandi.
🔸 Jumladan bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv
Nurafshon shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun hunarmand va duradgor ustalar faoliyati bilan tanishtiruvchi uchrashuv tashkil etildi.
✅ Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev boshchiligida tashkil qilingan ushbu tadbir orqali yoshlar hunarmand va duradgorlarning ish jarayonini yaqindan kuzatib, ularning mehnat faoliyati, kasb sir-asrorlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, qatnashchilar maxsus ustaxonalarga sayohat qilib, milliy hunarmandchilik an’analari hamda zamonaviy mehnat muhitini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mazkur uchrashuv yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mehnatsevarlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda intensiv sanoatlashgan bog‘larni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам увеличения числа интенсивных садов промышленного типа в регионах.
#Mirziyoyev #yigilish #qishloqxujaligi #bogdorchilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам увеличения числа интенсивных садов промышленного типа в регионах.
#Mirziyoyev #yigilish #qishloqxujaligi #bogdorchilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Eng ibratli oilalar taqdirlandi
Bugun Nurafshon shahridagi Nuroniylar maskanida “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Unda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva hamda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, shahardagi 11 ta namunali oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlash jarayonida shahar faollari, nuroniylar, mahalla ahli hamda yosh oilalar qatnashib, jarayon ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥1👏1