Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


ISHSIZLIKDAN DAROMADLI FAOLIYATGACHA...

Nurafshonlik Durdona Muhammadjonova parvarishida imkoniyati cheklangan shaxs bo‘lgani bois muntazam uy sharoitida bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Biroq bu holat uning mehnat qilish, rivojlanish va o‘z daromadiga ega bo‘lish yo‘lidagi intilishlariga to‘sqinlik qilmadi.

“Dehqonobod” MFY hokim yordamchisi tavsiyasi asosida ajratilgan 60 million so‘mlik imtiyozli kredit hamda subsidiya asosida berilgan skuter qurilmasi bugungi kunda 2 nafar oila a’zosining bandligini ta’minlab, ularning daromad manbaiga aylangan.


Bugun qahramonimiz o‘z mehnati, qat’iyati va intilishi orqali ko‘plab insonlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Uning kelgusidagi maqsad va rejalari haqida esa lavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1🤝1
E-auksion platformasida Nurafshon shahri hududidan davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


NURAFSHON SHAHRIDA DXX KUBOGI VILOYAT BOSQICHIGA QUR'A TASHLANDI!

😈 ​Yurtimiz yoshlari o‘rtasida eng ommaviy va nufuzli musobaqalardan biri hisoblangan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi"ning Toshkent viloyati bosqichiga rasman start berilmoqda.

Rasmiy marosim davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi:
​Futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha viloyat bosqichida ishtirok etuvchi mahalla jamoalarining o‘zaro raqiblari aniqlandi;
​ Hakamlar brigadasi va maydonlarning shayligi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


Qur’a natijalariga ko‘ra, Nurafshon shahar jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda, shuningdek, Piskent tumani, Ohangaron tumani, Olmaliq shahri, Angren shahri hamda Bo‘ka tumani jamoalari ham ishtirok etadi.

Musobaqaning viloyat bosqichida shahrimiz sharafini katta futbol bo‘yicha “Obod turmush” mahalla jamoasi, mini futbol yo‘nalishida esa “Dehqonobod” mahalla jamoasi himoya qiladi. Nurafshonlik sportchi-yoshlarimizga bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilaymiz! Yigitlarimizdan maydonda munosib ishtirok, chiroyli o‘yin va g‘alabalar kutib qolamiz. Nurafshon sharafini himoya qilayotgan jamoamizga kuch-g‘ayrat, birdamlik va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Muqimiy” mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Tibbiy ko‘rik jarayonlariga oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari, shuningdek laborator-instrumental tekshiruv xizmatlari jalb qilinib, aholiga ultratovush hamda elektrokardiogramma diagnostik tekshiruvlari o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.


Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga qandli diabet kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1