Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Muqimiy” mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Tibbiy ko‘rik jarayonlariga oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari, shuningdek laborator-instrumental tekshiruv xizmatlari jalb qilinib, aholiga ultratovush hamda elektrokardiogramma diagnostik tekshiruvlari o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.


Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga qandli diabet kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1


Bugun Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Mansur Xudaykulov tavallud topgan kun

Hurmatli Mansur Umirzakovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi, ijtimoiy barqarorlik va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!

Sizga yuksak hurmat va ehtirom bilan, Nurafshon shahri hokimligi jamoasi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👎2👏2🤝1


🚨OGOH BO‘LING: FEYK!

Juda past foizli yoki umuman foizsiz kredit olish, pul yutib olish kabi xabarlar — bu firibgarlarning navbatdagi aldov usulidir. Bunday “qopqonli” e’lonlarga ishonib qolmang!

Diqqat! Firibgarlarning aldovli xabarlariga ishonmang.


“Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi!”

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 13-may kuni “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan “Mo‘may daromad yoki ma’naviy boylik?” sarlavhali maqola yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Maqolada tilga olingan Nurafshon shahri, To‘ytepa mahallasi, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 125-uy manzilida joylashgan bino 1970-yillarda qurilgan bo‘lib, uzoq yillar davomida O‘rta Chirchiq tumani markazlashgan kutubxonalar tizimi tasarrufida kutubxona sifatida faoliyat yuritgan. 2013-yilda hukumatning tegishli qaroriga muvofiq Markazlashgan kutubxonalar tizimi faoliyati tugatilib, uning negizida ta’lim muassasalarida Axborot-resurs markazlari tashkil etilgan. Shu munosabat bilan mazkur kutubxona ham Nurafshon shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabiga ko‘chirilib, Axborot-resurs markazi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyuldagi 390-F-sonli qarori hamda Toshkent viloyati hokimining 39-10-0-F/21-sonli farmoyishiga muvofiq mazkur bino Toshkent viloyati Dori-darmon aksiyadorlik jamiyatiga mulk huquqi asosida foydalanish uchun berilgan. Hozirgi kunda ushbu obyektdan maxsus dori vositalarini saqlash ombori sifatida foydalanib kelingan.

Shuningdek, 2017-yilda Nurafshon shahri O‘rta Chirchiq tumani tarkibidan ajratilib, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanganidan so‘ng shaharning yangi bosh rejasi (genplan) ishlab chiqilgan. Mazkur bosh reja asosida shahar hududlarini izchil rivojlantirish, zamonaviy ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda shaharsozlik me’yorlariga qat’iy rioya etish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan, avval kutubxona faoliyat yuritgan mazkur manzilda kutubxona binosini qayta tiklash rejalashtirilmagan. Biroq shaharning bosh rejasiga muvofiq, yangi zamonaviy kutubxona Nurafshon Business City hududida barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur maskan transport va piyodalar qatnovi nuqtai nazaridan aholi uchun qulay joylashuvga ega bo‘lib, zamonaviy loyiha asosida bunyod etiladi.

Yangi kutubxona zamonaviy axborot-resurs markazi sifatida shakllantirilib, kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratadigan, yoshlarning bilim olishi, izlanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladigan zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy maskanga aylantiriladi.

Ayni paytda Nurafshon shahrida aholi, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, Yoshlar markazida 5 mingdan ortiq kitob fondiga ega Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi filiali hamda Toshkent viloyati Yozuvchilar uyushmasi huzurida 2 mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona faoliyat yuritib kelmoqda.


Nurafshon shahar hokimligi tomonidan shaharda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy kutubxona infratuzilmasini yaratish hamda aholining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Telegram | 📹YouTube |🌐 Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan o'tkazilgan hashar jarayonlari "Nurafshon TV" nigohida

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1


Adabiyotga oshno qalblar uchrashuvi

Nurafshon shahridagi viloyat Yozuvchilar uyushmasida 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, senator Mahmud Toir bilan samimiy muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

🏷Uchrashuv jarayonida adib tomonidan ijod, kitobxonlik, vatanparvarlik hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi haqida qimmatli fikr va tavsiyalar bildirildi. O‘quvchilar yozuvchining hayoti va ijodiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar ijodkorning she’rlaridan namunalar o‘qib, badiiy chiqishlar orqali yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdilar.


Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida kitobga mehr, adabiyotga qiziqish hamda ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


E-auksion platformasida Nurafshon shahri hududidan avtotransport vositalarini sotib oling!


🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1