Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari katta futbol bayrami – AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan barchani qutladi.

“Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34 yil kutdik. Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi.

Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi.

To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim.

Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etaman”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
2


Sessiya — mas'ullar hisobotlari va istiqbolli rejalar


Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-325-V sonli qarori ijrosi;

✔️“Olmazor tajribasi” asosida markazlar va yirik mahallalarda yangi yondashuvlar asosida tashkil etilgan loyiha ofislarining natijadorligini oshirish yo'nalishidagi ishlar;

✔️Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, “Qarshi shahri tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan vazifalar;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosi;

✔️“Besh tashabbus olimpiadasi” shahar bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil birinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar;

✔️Xalq deputatlari shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari.


❗️Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👎2🤝2👏1


Nurafshon shahar Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 20-sessiyasidan fotoreportaj


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝2👎1🔥1