Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, hokim o‘rinbosari N. Djumanova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala atroflicha qonun doirasida ko‘rib chiqildi.
✅️ Qabul davomida murojaatlar asosan ijtimoiy himoya, kadastr, qurilish va infratuzilma, tibbiyotga oid bo‘lib, har bir murojaat yuzasidan aniq topshiriqlar berildi hamda mas’ullarga ijrosi bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.
❕Fuqarolar bilan bunday ochiq va tizimli muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1👎1🔥1🤝1
“Obod turmush” mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi
💉 Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga yurak xastaliklarini oldini olish, uning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Forwarded from Biznes-ombudsman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.
👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting.
OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING!
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM