Nurafshon shahrining ayrim hududlarida transport harakati vaqtincha cheklanadi
Qurbon hayiti namozini yuqori saviyada tashkil etish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakatini tartibga solish hamda turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida cheklovlar 26-may kuni soat 20:00 dan 27-may kuni soat 09:00 ga qadar shaharning quyidagi hudud va yo‘nalishlarida amal qiladi:
⛔️ Oppoq mahallasi hududida joylashgan Ismat ota jome masjidi yonidagi chorrahadan 4P–19A avtomobil yo‘lining 5 kilometrida joylashgan 4K–712A avtomobil yo‘li bilan tutashgan chorrahagacha bo‘lgan oraliqda.
⛔️ Birlik mahallasi hududida joylashgan Said ibn Vaqqos jome masjidiga olib boruvchi Birlik ko‘chasida.
⛔️To‘ytepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan To‘ytepa jome masjidiga olib boruvchi To‘ytepa ko‘chasidan Nurobod ko‘chasigacha bo‘lgan 1 kilometr masofada.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1🤝1
Nurafshon shahrida keng ko‘lamli hayriya tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
🏷 Xayriya tadbiri davomida ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari, maishiy texnikalar hamda turli sovg‘alar topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr-oqibat va e’tibor ulashish maqsad qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1👎1🔥1🤝1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz obodligi uchun duolar qilindi
Nurafshon shahrida muborak Qurbon hayiti munosabati bilan hayit namozlari ado etildi. Jumladan, shahardagi “Ismat ota” jome masjidida ham bayram tongida ikki mingdan ziyod yurtdoshlarimiz ezgu amalni ado etish uchun jam bo‘ldi.
Qurbon hayiti arafasida 2000 nafar namozxonga mo‘ljallangan ushbu masjid foydalanishga topshirilgani shahrimiz aholisi uchun katta tuhfa bo'ldi. Hayit namozida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ham ishtirok etib, jamoatchilik bilan birgalikda muborak ayyom tadbirlarida qatnashdi.
Yig'ilganlarga Qurbon hayitining mazmun-mohiyati, insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar haqida ma’ruza qilindi. Shuningdek, ehson va xayriya tadbirlari tashkil etilib, qurbonlik amallari ado etildi. Bayram davomida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimizga qut-baraka va fayzu baraka tilab duolar qilindi.
Mazkur muborak ayyom xalqimizning birdamligi, bag‘rikengligi hamda milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak hurmatini yana bir bor namoyon etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3🔥3👏1🤝1