Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida keng ko‘lamli hayriya tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan "Degantepa" mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yoshi ulug‘ keksalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

🏷Xayriya tadbiri davomida ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari, maishiy texnikalar hamda turli sovg‘alar topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr-oqibat va e’tibor ulashish maqsad qilindi.


Bunday xayriya tadbirlari jamiyatda insonparvarlik, saxovat va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51👎1🔥1🤝1
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1


Nurafshon shahar hokimi Ilxom Mahmudjonovich Klichxanovning Nurafshon shahri aholisi va yurtdoshlarimizga Qurbon hayiti tabrigi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2👏2


Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz obodligi uchun duolar qilindi

Nurafshon shahrida muborak Qurbon hayiti munosabati bilan hayit namozlari ado etildi. Jumladan, shahardagi “Ismat ota” jome masjidida ham bayram tongida ikki mingdan ziyod yurtdoshlarimiz ezgu amalni ado etish uchun jam bo‘ldi.

Qurbon hayiti arafasida 2000 nafar namozxonga mo‘ljallangan ushbu masjid foydalanishga topshirilgani shahrimiz aholisi uchun katta tuhfa bo'ldi. Hayit namozida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ham ishtirok etib, jamoatchilik bilan birgalikda muborak ayyom tadbirlarida qatnashdi.


Yig'ilganlarga Qurbon hayitining mazmun-mohiyati, insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar haqida ma’ruza qilindi. Shuningdek, ehson va xayriya tadbirlari tashkil etilib, qurbonlik amallari ado etildi. Bayram davomida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimizga qut-baraka va fayzu baraka tilab duolar qilindi.

Mazkur muborak ayyom xalqimizning birdamligi, bag‘rikengligi hamda milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak hurmatini yana bir bor namoyon etdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113🔥3👏1🤝1