Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz obodligi uchun duolar qilindi

Nurafshon shahrida muborak Qurbon hayiti munosabati bilan hayit namozlari ado etildi. Jumladan, shahardagi “Ismat ota” jome masjidida ham bayram tongida ikki mingdan ziyod yurtdoshlarimiz ezgu amalni ado etish uchun jam bo‘ldi.

Qurbon hayiti arafasida 2000 nafar namozxonga mo‘ljallangan ushbu masjid foydalanishga topshirilgani shahrimiz aholisi uchun katta tuhfa bo'ldi. Hayit namozida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ham ishtirok etib, jamoatchilik bilan birgalikda muborak ayyom tadbirlarida qatnashdi.


Yig'ilganlarga Qurbon hayitining mazmun-mohiyati, insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar haqida ma’ruza qilindi. Shuningdek, ehson va xayriya tadbirlari tashkil etilib, qurbonlik amallari ado etildi. Bayram davomida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimizga qut-baraka va fayzu baraka tilab duolar qilindi.

Mazkur muborak ayyom xalqimizning birdamligi, bag‘rikengligi hamda milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak hurmatini yana bir bor namoyon etdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113🔥3👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida yangi barpo etilgan, 2000 nafar namozxonga mo‘ljallangan “Ismat ota” jome masjidida ilk bor muborak Qurbon hayiti namozi ado etildi. Unda minglab yurtdoshlarimiz ishtirok etib, ezgu tilak va duolar qilindi.

Hayit namozida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni ulug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida "Yuksak maʼrifatli avlod-uchinchi renessans poydevori" shiori ostida o‘tkazilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri tafsilotlari "Nurafshon TV" nigohida

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev YOII sammitida nutq so‘zladi.

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на саммите ЕАЭС.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
Forwarded from Bandlik vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

🪿O‘rdakchilik — xobbi emas, qo‘shimcha daromad

📍Nurafshon shahri “Dehqonobod” MFY hududida yillar davomida foydalanilmay kelgan zovur atrofi o‘ralib, 18 ta xonadonga 2 mingga yaqin o‘rdak tarqatildi.

💰Hokim yordamchisi ko‘magida
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida tashkil etilgan bu loyiha mahalla ahli uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘ldi.

🥚Kuniga 50 ta o‘rdakdan 20 ta tuxum olyapmiz. Kelgusida parranda go‘shti yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz, deydi — tadbirkor Bahrom Ergashov.

📽 Batafsil: videoda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏1👌1
Ikki viloyat rahbarlari “Ugam oromgohi” faoliyati bilan tanishdi

Xabar qilganimizdek,  qardosh Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Qusherov boshchiligidagi yirik delegatsiyaning Toshkent viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.

Bugun tashrifning ikkinchi kunida mehmonlar guruhlarga bo‘linib, viloyatimizdagi yirik sanoat korxonalari, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari hamda istiqbolli investisiya loyihalari amalga oshirilayotgan obektlar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Qusherov Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Ugam oromgohi” rekreatsion markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sog‘lomlashtirish va rekreatsiya yo‘nalishlari ko‘zdan kechirildi.

Dengiz sathidan 950 metr balandlikda, tog‘lar bag‘rida va Ugam daryosi bo‘yida joylashgan mazkur maskan aholining mazmunli hordiq chiqarishi hamda salomatligini tiklash uchun xizmat qilmoqda.

Musaffo tog‘ havosi, qulay tabiiy muhit va zamonaviy infratuzilma oromgohning asosiy afzalliklaridan sanaladi.

“Ugam oromgohi” tayanch-harakat apparati, yurak-qon tomir, nafas olish va asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash hamda profilaktika qilishga ixtisoslashgan bo‘lib, dam olish va tibbiy-sog‘lomlashtirish xizmatlarini uyg‘unlashtirgan zamonaviy maskanlardan biri hisoblanadi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1