Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Kichik biznesning umumiy soliq rejimiga o‘tish chegarasi birdaniga 5 milliard so‘mgacha oshirildi. Davlatimiz rahbari Ostona shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev ilimiy kadrlar tayarlaw sistemasın jetilistiriw boyınsha usınıslar prezentaciyası menen tanıstı. Kishi biznestiń ulıwma salıq rejimine ótiw shegarası birden 5 milliard sumǵa shekem arttırıldı. Mámleketimiz basshısı Astana qalasında Joqarı Evroaziya ekonomikalıq keńesiniń májilisinde qatnastı.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по совершенствованию системы подготовки научных кадров. Порог перехода малого бизнеса на общий налоговый режим повышен сразу до 5 миллиардов сумов. Глава нашего государства принял участие в заседании Высшего Евразийского экономического совета в Астане.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev reviewed proposals on improving the system of training scientific personnel. The threshold for small businesses transitioning to the general tax regime has been raised to 5 billion soums. The Head of State participated in the Supreme Eurasian Economic Council session held in Astana.

Facebook|Instagram|X


1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida bayram tadbiri tashkil etildi

Tadbirni Nurafshon shahar hokimining o‘rinbosari Sh. Imonxonov ochib berib, bolajonlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga mustahkam sog‘lik, baxtli bolalik va yorqin kelajak tiladi.

Bayram tadbiri doirasida pediatriya bo‘limida davolanayotgan bolalarga Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi homiyligida turli sovg‘alar topshirildi. Bu esa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayram shukuhini yanada oshirdi.


Tadbir davomida bolalar uchun musiqiy va raqs chiqishlari namoyish etildi, qiziqarli o‘yinlar, ko‘ngilochar dasturlar hamda turli viktorinalar tashkil qilindi. Bayramona muhitda o‘tgan tadbir bolalarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Bunday ezgu tadbirlar yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning qalbida quvonch va ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3
Forwarded from OQ BOʻRI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Ўзбегим ўғлонлари, сизларга Жаҳон чемпионатида улкан зафарлар тилаймиз!

🇺🇿 Миллионлаб юртдошларимизнинг ишончи ва дуолари сизлар билан. Ҳар бир ўйин, ҳар бир ғалаба Ватанимиз шарафини янада юксалтирсин.

🔥 Майдонда матонат, ишонч ва ғалаба руҳи сизларни тарк этмасин!

🏆 Ўзбекистон терма жамоасига Жаҳон чемпионатида омад ёр бўлсин!

✈️Бизни кузатинг

🫥Oq boʻri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida Prezidentimizning insonparvar tashabbusi: og‘ir xastalikka chalingan yurtdoshlarimiz uchun belgilangan vaucherlarning o'z egalariga yetkazilish jarayonlari "O'zbekiston 24" telekanali maxsus ko'rsatuvida.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Rasmiy axborot
“Davlatni iqtisod ko‘taradi, qonun boshqaradi, armiya himoya qiladi. Lekin qaysi mamlakat adabiyot va madaniyatga eʼtibor bersa, kelajagi mustahkam bo‘ladi. Qaysi jamiyat ijod va sanʼatni qadrlasa, o‘sha xalqning maʼnaviy immuniteti kuchli boʻladi.

Bitta yaxshi asar, taʼsirchan qoʻshiq millatning ruhini ko‘taradi, birgina spektakl jamiyatning tafakkurini uyg‘otadi, kinodagi bir obraz butun avlodning qarashini o‘zgartiradi
,

📰 Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvidagi nutqidan

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Endilikda har yili 1 ming nafar shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillari, muzey xodimi va rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.

Ijodiy tashkilotlar, madaniyat va san’at muassasalariga boshqa hududdan kelib ishlayotgan soha vakillari ham ko‘p. Bugundan boshlab ularga uy-joy ijarasi uchun Toshkent shahrida oyiga 2,5 million so‘mgacha, viloyatlarda 1 million 600 ming so‘mgacha xarajatini qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi.

Har yili faoliyatida yaxshi natijaga erishgan 1 ming nafar soha xodimi davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan bepul davolanadi. Yana 2 ming nafar ijodkorga davlat tomonidan tibbiy sug‘urta paketi taqdim etiladi. Kamida 10 yil ishlagan xodimlarga sanatoriylariga bepul yo‘llanma beriladi.

15-iyundan xalq artisti, xalq shoiri, xalq yozuvchisi kabi yuksak faxriy unvonga ega ijodkorlarning aeroport va vokzallardagi VIP zallardan bepul foydalanishi ta’minlanadi.

Facebook|Instagram|X


NURAFSHON SHAHAR PROKURORI TO'LQIN KARIMOVNING AHOLIGA MUROJAATI


Hurmatli Nurafshon shahar aholisi!


Bugungi kunda jamiyatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish – ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada har bir fuqaroning huquqiy ongi va madaniyati hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Afsuski, so‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan turli jinoyat va huquqbuzarliklar, xususan, firibgarlik, o‘g‘rilik, bezorilik hamda kiberjinoyatlar sodir etilmoqda. Ayniqsa, internet tarmoqlari orqali amalga oshirilayotgan aldovlar ko‘payib, fuqarolarning mol-mulki va ishonchiga jiddiy zarar yetkazilmoqda.

Shu munosabat bilan barchangizni quyidagilarga qat’iy rioya etishga chaqiraman:
— Har qanday qonunbuzarlik holatlariga befarq bo‘lmang, jamiyatda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlarga murosasiz munosabatda bo‘ling;
— Shaxsiy ma’lumotlaringizni, bank karta rekvizitlari, parol va tasdiq kodlarini hech kimga bermang;
— Noma’lum raqamlar, shubhali qo‘ng‘iroqlar va internet orqali kelayotgan takliflarga ishonmang;
— Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida farzandlaringiz nazoratini kuchaytiring;
— Har qanday shubhali vaziyatda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.

Qonunbuzarlik va jinoyat sodir etgan har qanday shaxsga nisbatan qonun doirasida muqarrar javobgarlik choralari qo‘llaniladi. Hech kim jazodan chetda qolmaydi. Jinoyatga qo‘l urgan shaxs nafaqat o‘z taqdiriga, balki oilasi va yaqinlarining kelajagiga ham jiddiy putur yetkazishini unutmasligi lozim.

Shuningdek, ayrim fuqarolarning yengil daromad ilinjida turli noqonuniy yo‘llarga kirib ketishi aslo oqlanmaydi. Halol mehnat va qonuniy faoliyat – barqaror va munosib hayotning yagona kafolatidir.


Aziz yurtdoshlar!

Sizni yana bir bor ogohlikka, hushyorlikka va qonunlarga hurmat ruhida yashashga chaqiraman. Huquqiy savodxonlikni oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashda faol bo‘lish – har birimizning fuqarolik burchimizdir. Faqat birgalikda harakat qilsakkina, jamiyatimizda tinchlik, xavfsizlik va adolatni ta’minlay olamiz.

Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimov

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👎1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1